Xudkushlik

Vikiiqtibos dan
Oʻtish: foydalanish, Qidir

Xudkushlik o'zini o'ldirishdir.

[tahrirlash] Iqtiboslar

  • Hayotimiz kitobidan varaq yirtib ololmaymiz, biroq uni tamoman gulxanga tashlashimiz mumkin. (George Sand)
  • Suicide is not a solution
    But it remains an excellent option
(Tarjima: Xudkushlik yechim emas
Lek zo'r tanlovdir hamon)
Impaled Nazarene (fin metal guruhi) ashulasidan
  • Melanxoliyaga to'lib o'zini o'ldirgan kishi agarda yana bir hafta yashaganida edi, hayotdan ketishni istamasdi. (Voltaire)
  • Hayot yashashga arzigulikmi, degan savol falsafaning bosh muammosidir. (Albert Camus)
  • Do'stlarimga: ishlarim qilib bo'lingan. Nega kutayin? (George Eastman xudkushlik xatidan)
  • Sinik bo'lish yaxshidir - har holda, boqimanda mushukdek bo'lishdan yaxshiroq - va eng yaxshisi, umuman bo'lmaslik. Batamom xudkushlik olamdagi eng mantiqiy ishdir - biz uni qorong'ulikdan primitiv va bolalarcha qo'rqqanimiz tufayli rad etamiz. Agar ongli bo'lganimizda o'limga - yana o'sha mavjud bo'lmasimizdan avvalgi orombaxsh yo'qlikka talpinardik. (H. P. Lovecraft)
  • Xudkushlik haqidagi xayollar yupatuvchidir: ular yordamida kishi yomon tunlarni kechib o'ta oladi. (Nietzsche)
  • Qon uchun uzr. (Per Yngve Ohlin xudkushlik xatidan)
  • Aziz Olam, men sendan zerikkanim uchun seni tashlab ketayotirman. Yetarlicha yashagandekman. Men seni sening muammolaring bilan shu mag'zava o'rangda tashlab ketayapman - omad senga! (George Sanders)
  • Hayot kino kabidir, agar siz uning yarmini ko'rsangiz-u, har soniyasi jonga tegarlik darajada rasvo va bema'ni bo'lsa, hoynahoy, u bundan keyin ham qiziqarli bo'lmaydi va oxirigacha o'tirib ko'rish uchun arzimaydi. Hech kim sizga kino tugamasidan avval, vaqtli chiqib ketganingiz uchun dakki berishi kerak emas. (Doug Stanhope)


Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Ko‘rinishlar
Amallar
Saytda harakatlanish
Asboblar
Boshqa tillarda