Abdulla Oripov
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Abdulla Oripov | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
21-mart 1941 Koson tumani |
| Vafoti |
5-noyabr 2016 Xyuston |
| Qardosh loyihalar | |
Abdulla Oripov (1941-yil 21-mart — 2016-yil 5-noyabr) — „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Ishlaring yurishib turgani asno,
Koʻpayib ketadi xesh-u aqrabo.
Darvinning kitobin qoʻltiqlab olib,
„Togʻa“, deb keladi maymun ham hatto. - Nochorning ustidan kulma hech qachon,
Bilmasdan kamsitma, boyvachcha oʻgʻlon.
Topgan aqchasiga non olgaydir u,
Keksa onasiga yo dori-darmon. - Quduq qazdim, suv tanqis damlar,
Erishdim ham balki yutuqqa.
Choʻktirdilar lekin odamlar
Oʻzim qazgan oʻsha quduqqa. - Sovchi der: — Otaxon, beringiz duo,
Juda toʻgʻri yigit boʻlgʻusi kuyov.
Ota der: — Toʻgʻrilik yaxshi-yu, ammo
Bundaylar roʻzgʻorin boqolmaydiyov.