Kontent qismiga oʻtish

Jomiy

Vikiiqtibosdan olingan
(Abdurahmon Jomiydan yoʻnaltirildi)
Jomiy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 7-noyabr 1414
Khargerd
Vafoti 9-noyabr 1492
Hirot
Qardosh loyihalar

Jomiy yoki Abdurahmon Jomiy (asl ismi: Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad)(7-noyabr 1414-yil, Jom; 9-noyabr 1492-yil, Hirot) – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Adovat tigʻini koʻtargan kishi adovat tigʻidan halok boʻladi[1][2].
  • Agar mezbon dasturxon atrofida oʻzini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan oʻz jigaring aʼlo va uning sharbatidan oʻz qoning bajo[3].
  • Agar och boʻlsang, har qanday osh-non senda qattiq ishtaha qoʻzgʻatadi. Sen bilan oʻtirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uygʻotadi[3].
  • Bir shoir oʻqidi bemaza gʻazal,
    Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo.
    Dedimki, eng yuksak sanʼat boʻlurdi,
    Sheʼring soʻzlari ham boʻlmasa aslo[3].
  • Boylikdan kerilmoq — aqldan nari,
    Chunki u oʻtkinchi bulut singari[1][4].
  • Erta tongda ogʻzing­­ga biror luqma ovqat tiqmay eshikdan chiqma, chunki toʻqlik xushmuomala va chuqur mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir[3].
  • Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim[3].
  • Hammaga omonlik istaguvchi boʻl,
    Shunda adovatga qolmagay hech yoʻl[1][9].
  • Har kimdan istama doʻst-oshnolik,
    Har oshnadan kutma sen roʻshnolik[1][7].
  • Kibrsizlik lofin urma, uni koʻrmoqdan koʻra qorongʻu tunda chumolining izini koʻrmoq osonroqdir[1][10].
  • Kimning qoʻlida quyidagi besh narsa jilovi boʻlsa, yaxshi hayotining garovi boʻlur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining moʻlligi, toʻrtinchisi – sodiq doʻst va beshinchisi – farogʻat. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan[3].
  • Kim tortsa adovat qilichin qindan,
    Adovat tigʻidan boʻladi halok[1][11].
  • Kichiklarga hazil-u istehzo oʻqin otmoq – ulugʻlik obroʻsin bekorga sotmoq va zillat-u xorlik gʻuboriga botmoqdir[3].
  • Koʻplar molin berib, mardlik qiladi,
    Koʻplar jonin berib, mardlik qiladi[1][12].
  • Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo[3].
  • Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
    Sharaf toji erur oyogʻin gardi[1][14].
  • Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
    Sichqon kavagidan ne farqi boʻlur?![1][15]
  • Qul-u ozodga maʼlum va ayon,
    Dono tirikdir, oʻlikdir nodon[1][5].
  • Tanang imorati dosh bera oladigan miqdorda tanovul et[3][16].
  • Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni koʻr,
    Choʻloq tulki unga beradi ozor[3].
  • Toʻgʻrini de, toʻgʻrini koʻr, toʻgʻri yur,
    Toʻgʻri gapir, toʻgʻri eshit, toʻgʻri tur[1][17].
  • Oʻtganlar ibratli soʻzini yod et,
    Oʻtganlar yodidan dilingni shod et[1][19].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. ↑ Tursun 2006, s. 168.
  3. ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 „Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!“.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 151.
  5. ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 64.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 75.
  7. ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 171.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 179.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 173.
  10. ↑ Tursun 2006, s. 152.
  11. ↑ Tursun 2006, s. 172.
  12. ↑ Tursun 2006, s. 108.
  13. ↑ Tursun 2006, s. 153.
  14. ↑ Tursun 2006, s. 176.
  15. ↑ Tursun 2006, s. 145.
  16. ↑ Tursun 2006, s. 84.
  17. ↑ Tursun 2006, s. 136.
  18. ↑ Tursun 2006, s. 187.
  19. ↑ Tursun 2006, s. 114.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]