Kontent qismiga oʻtish

Amir ash-Shaʼbiy

Vikiiqtibosdan olingan
Amir ash-Shaʼbiy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 641
Kufa
Vafoti 723
Kufa
Qardosh loyihalar

Abu Amr Amir ibn Sharahil ibn Abdulkufiy ash-Shaʼbiy (arabcha: أبو عمرو عامر بن شراحيل بن عبد الكوفي الشعبي‎; 641-yilda tugʻilgan – 723-yilda vafot etgan), asosan, Imom ash-Shaʼbiy, Imom Shaʼbiy yoki ash-Shaʼbiy nomi bilan tanilgan, tobeinlar safida boʻlgan taniqli arab tarixchisi, faqih, Umar ibn Xattob hukmronligi davrida tugʻilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Agar bir kishi Shomning bu chekkasidan Yamanning u chetigacha safar qilib, kelajak umrida foyda keltiradigan bir dona kalimani yod olsa, uning safari zoye ketmadi, deb oʻylayman[1].
  • Bir kishiga bulutlar soya solib yurardi. Buni koʻrgan boshqa bir kishi: „Albatta, uning soyasida yuraman“, dedi. Shunda haligi birinchi kishi oʻzicha magʻrurlanib: „Mana bunga oʻxshashlar mening soyamda yuradi“, deb oʻyladi. Vaqti kelib, ular ajrashganlarida soya ikkinchi kishi bilan ketdi[2].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 19.
  2. Tursun 2006, s. 155.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.