Gʻazzoliy
Qiyofa
(Abu Homid Gʻazzoliydan yoʻnaltirildi)
| Gʻazzoliy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1058 va 1056 Tus |
| Vafoti |
19-dekabr 1111 Tus |
| Qardosh loyihalar | |
Abu Homid Gʻazzoliy (1058-yil; 1111-yil) — islom ilohiyotchisi, faylasuf.
A
[tahrirlash]- Alloh bergan neʼmatlarni Uning yoʻlida sarflash — shukr, Alloh sevmagan yerga sarflash esa kufroni neʼmatdir[1][2].
B
[tahrirlash]- Baloning yoʻqligi neʼmatdur, neʼmatning yoʻqligi balodur[1][3].
- Bilki, qalb hozirligining sababi himmatdir, chunki qalbing himmatingga tobedir. Shunday ekan, qalbingni faqat muhim narsalarga hozirlagin[4].
D
[tahrirlash]- Dunyo (yurt) obodligi toʻrtta narsa sababidan: rahbarlar adolati, olimlar ilmi, boylar saxovati, muhtojlar duosi[1][5].
I
[tahrirlash]- Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil boʻlsa, holati oʻzgaradi, holati oʻzgarsa, aʼzolarning amali oʻzgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobeʼdir[1][6].
- Ilm hayo bilan kibr orasida yoʻq boʻlib ketadi[1][7].
- Ilmiga amal qilmagan olim boshqani kiyintirgan holda oʻzi yalangʻoch qolgan ignaga oʻxshaydi[1][6].
- Ilm koʻr qalb koʻzini ochuvchi, qorongʻu zulmatda nur bagʻishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga koʻtariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi roʻza tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor oʻtkazganga tengdir[1][8].
J
[tahrirlash]K
[tahrirlash]- Kishilardan oʻzingga nisbatan qanday muomala kutsang, ularga oʻzing ham xuddi shunday muomala qilgin[1][10].
O
[tahrirlash]- Odamlarni oʻzlari yoʻgʻida yomonlamoq qalblarga qilingan xiyonatdir[1].
Q
[tahrirlash]- Qabrda yotganlar pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bir-biri bilan qirpichoq boʻlmoqdalar[1][11].
- Qachonki savdogar kiyimning yaxshi tarafini koʻrsatib, yomon joyini yashirib sotsa, oʻsha — yolgʻonchidir. Shuningdek, molini qorongʻu joyda koʻrsatsa, shu kabi maxsining eng yaxshi poyini koʻrsatib sotsa, u —firibgardir[1][12].
S
[tahrirlash]T
[tahrirlash]- Tijorat tirikchilik oʻtkazish uchun yoki boylik orttirish uchun boʻladi. Agar xayr va hasanotni oʻylamasdan, faqat boylik toʻplash uchun tijorat qilinsa, bu savdo maqbul emasdir. Zero, faqat moddiyat uchun harakat qilmoq „xatolarning boshi boʻlgan“ dunyoga hirs qoʻymoqdir[1][14].
Y
[tahrirlash]- Yolvorish lazzati dunyoviy neʼmat emas, balki u jannat zavqlaridandir. Alloh u zavqni mahbublari uchun yaratgan. Har kas uni ololmas[1][15].
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻlim falokat emas, haqiqiy falokat oʻlimdan keyin nima boʻlishini bilmaslik[16].
- Oʻlimni eslash doʻzax olovini soʻndiradi[17].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 27.
- ↑ Tursun 2006, s. 116.
- ↑ Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 112.
- ↑ 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 9.
- ↑ Tursun 2006, s. 155.
- ↑ Tursun 2006, s. 13.
- ↑ Tursun 2006, s. 93.
- ↑ Tursun 2006, s. 128.
- ↑ Tursun 2006, s. 114.
- ↑ Tursun 2006, s. 122.
- ↑ Tursun 2006, s. 10.
- ↑ Tursun 2006, s. 78.
- ↑ Tursun 2006, s. 154.
- ↑ Tursun 2006, s. 120.
- ↑ Tursun 2006, s. 121.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
Havolalar
[tahrirlash]
