Adolatning ikki tarafi bor: biri zohiriy adolat, yaʼni sen va xalq orasidagi va ikkinchisi botiniy — sen va Alloh orasidagi adolatdir. Adolat yoʻli — toʻgʻri, haqqoniy va fazilat ato etuvchi yoʻldir[3].
Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yoʻqolib ketadi. Modomiki, zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. Chunki kishilarning turmushi bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq. Xullasi kalom, xalqning ahvoli adolatsiz yaxshilanmaydi[2].
Olijanoblik haqida muhokama yurgizish, bu hali olijanoblikni bildirmaydi, xuddi shuningdek, odillik haqida oʻylashning oʻzi ham amalda odil boʻlish degan gap emas[9].
Hokimiyat jilovi odil podshoh qoʻlida boʻlsa, hamma adolatli boʻlishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha boʻlsa, xalqyolgʻonchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik koʻrsatadi[6].
Oʻrinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib boʻlmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmy turib, oʻrinli, axloqli va adolatli yashab boʻlmaydi[10].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.