Hikmatli soʻzlar
| Hikmatli soʻzlar | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Hikmatli soʻzlar, aforizm — tugal fikrni anglatuvchi, oʻtkir mazmunli qisqa va loʻnda ibora, bayt, jumla. Xalq maqollaridan farqli ravishda hikmatli soʻzlar kelib chiqishi jihatidan maʼlum bir shaxs (yozuvchi, shoir, publitsist, faylasuf, olim, davlat arbobi va boshqalar)ga mansub boʻlib, individualligini saqlab qoladi.
A
[tahrirlash]Aforizmlar — falsafiy mushohadalarni ifodalashning deyarli eng qulay shaklidir[1].
Aforizmlar hayot daraxtida yetilgan mevadek boʻlishi kerak[1].
Axloqiy aforizmlar maʼnaviyatdagi mustahkam negizlarni, inson faoliyati va ongidagi sabr-bardosh asoslarini belgilab beruvchi hayotiy majburiyatlarni, turmush donishmandligi, nuqtai nazarlarni qisqa shaklda bayon etadi[1].
B
[tahrirlash]Buyuk donishmandlar hikmatli soʻzlarning koni boʻlganlar. Ulardan har bir kishi hayot uchun foydali juda koʻp fikrlarni topishi mumkin[2].
F
[tahrirlash]H
[tahrirlash]Hikmatli soʻz va aforizmlar — chinakam hayotiy donishmandlik va adabiyotning magʻzi ekanini, hikmatli soʻz va aforizmlarga boy kitoblargina koʻproq naf borishini unutmaslik kerak: odamlar kitob oʻqiyotganda asosan shu hikmatli soʻzlarni izlashlari zarur[2].
I
[tahrirlash]J
[tahrirlash]Jamiki hikmatli soʻzlarda tugallik maʼlum darajada qisqa ifoda shakliga qurbon beriladi[1].
K
[tahrirlash]L
[tahrirlash]Loʻnda hikmatli soʻzlar kishilarning miyasiga singib qoladi, ildiz otib, gullaydi, hosil beradi va hamisha taʼsir koʻrsatib boradi[2].
M
[tahrirlash]Mazmuni teran va topib aytilgan ajoyib hikmatlar hech qachon unutilmaydi: ular avlodlardan avlodlarga oʻtib, butun asrlar davomida xotirada saqlanadi[4].
Men, ayniqsa, ziddiyatli hodisalarga sinchkovligimni uygʻotuvchi va oʻsha ziddiyatlarni hal etib beruvchi har turli ixcham hikmatli soʻzlarni qadrlayman[5].
O
[tahrirlash]Oqillar zikrdan tafakkurga, tafakkurdan zikrga oʻtadilar. Qalblarining gapirishini talab qiladilar. Va nihoyat qalblari hikmatli soʻzlarni ayta boshlaydi[6].
Q
[tahrirlash]Qadimdan odamlarning dono va bagʻoyat goʻzal hikmatli soʻzlari mavjud; biz ulardan oʻrganmogʻimiz darkor[4].
T
[tahrirlash]X
[tahrirlash]Xalq donishmandligi odatda hikmatli soʻzlarda ifodalanadi[4].
Sh
[tahrirlash]Shunaqangi oʻtkir soʻzlar boʻladiki, ular ancha murakkab hodisalarning mohiyatini ham ajoyib aniqlik bilan ifodalab beradi[4].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Voronsov 1989, s. 9.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Voronsov 1989, s. 10.
- ↑ Voronsov 1989, ss. 10–11.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 Voronsov 1989, s. 8.
- ↑ Voronsov 1989, s. 11.
- ↑ Tursun 2006, s. 65.
- ↑ Voronsov 1989, s. 7.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.