Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Vasilevskiy

Vikiiqtibosdan olingan
Men harbiy martaba olish uchun ofitser boʻlishga qaror qilmaganman. Urush tugagach ham agronom boʻlib, Rossiyaning olis bir burchagida ishlashni istaganman.

Aleksandr Mixaylovich Vasilevskiy (30-sentyabr 1895-yil – 5-dekabr 1977-yil) – Sovet Ittifoqining harbiy qoʻmondoni boʻlib, 1943-yilda Sovet Ittifoqi marshali unvoniga sazovor boʻlgan. U ikkinchi jahon urushi davrida Sovet Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi va mudofaa vaziri oʻrinbosari, shuningdek, 1949–1953-yillarda mudofaa vaziri lavozimlarida xizmat qilgan. Bosh shtab boshligʻi sifatida Vasilevskiy Stalingrad qarshi hujumidan tortib Sharqiy Prussiya va Kyonigsbergga hujumgacha boʻlgan deyarli barcha hal qiluvchi sovet hujum operatsiyalarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul boʻlgan. 1945-yil iyulda u Uzoq Sharqdagi sovet qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni etib tayinlandi va „Avgust boʻroni“ operatsiyasini amalga oshirdi hamda keyinchalik Yaponiyaning taslim boʻlishini qabul qildi. Urushdan keyin u SSSR mudofaa vaziri boʻldi va bu lavozimda Stalin vafotigacha ishladi. Vafotidan soʻng, davlat oldidagi xizmatlari va hissasi eʼtirof etilib, uning kullari Kreml devori nekropoliga qoʻyildi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bir rivoyatga koʻra, shtab boshligʻi talon-toroj va vayronagarchiliklar haqida hisobot bergan. „Yoʻldosh marshal, – degan u, – qizil armiya askarlar oʻzlarini yaxshi tutishmayapti. Ular mebellarni, oynalarni va idish-tovoqlarni sindirmoqda. Bu borada qanday koʻrsatma berasiz?“ Vasilevskiy, ehtimol, sovet qoʻmondonlari orasida eng ziyoli va madaniyatli shaxslardan biri boʻlgan, bir necha lahza jim qolgan. Soʻng u: „Menga farqi yoʻq. Endi askarlarimiz oʻz adolatlarini oʻrnatadigan vaqt keldi“, degan.
    • Berlin, The Downfall 1945, Antony Beevor, Penguin (2007), 33-bet.
    • Agraneko hujjatlari, RGALI 2217/2/17, 22-bet.

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: