Kontent qismiga oʻtish

Ali

Vikiiqtibosdan olingan
(Ali ibn Abu Tolibdan yoʻnaltirildi)
Ali

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 17-mart 599
Makka
Vafoti 661
Kufa
Qardosh loyihalar

Ali ibn Abu Tolib (tax. 600-yil — 661-yil) – islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir[1][2].
  • Agar kishi jannatni istasa, oʻz istaklaridan qoʻl tortadi. Doʻzaxdan qoʻrqsa, harom narsalardan oʻzini tiyadi[1][3].
  • Agar neʼmatning bir chekkasiga erisha olsangiz, noshukr boʻlib undan uzoqlashmang, yuz ham oʻgirmang[1][4].
  • Alloh banda yaxshiligiga muhtoj emas, ammo bir yomonlik seni yaxshilikka eltsa ajab emas[1][5].
  • Allohning bir farishtasi har kuni „Oʻlmoq uchun tugʻilinglar, foniy boʻlmoq uchun yigʻilinglar, xarob boʻlmogʻi uchun imorat quringlar“, deb nido qilib turadi[1][6].
  • Aqldek xazina yoʻq, jahldek faqirlik yoʻq, odobday meros yoʻq, mashvaratdek yordamchi yoʻq[1][7].
  • Aql kabi mol, yaxshi xulq kabi doʻst, odob kabi meros, tavfiq kabi rahbar, ilm kabi sharaf yoʻqdir[1][8].
  • Aqlini ishlatgan odam aqllidir. Boshqalarning ham aqlini ishlatgan odam undan-da aqlliroqdir[1][9].
  • Aqlli kishining tili yuragining ortida boʻladi, ahmoqning yuragi tilining orqasida boʻladi[1][7].
  • Avratga qaragan kishiga ham, (avratni) koʻrsatgan kishiga ham Allohning laʼnati boʻlsin![1][10]
  • Bilmagan narsani bilmayman, deb javob berishdan uyalmang[1][11].
  • Bir-ikki soʻ bugʻdoydan ovqat tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir[1][12].
  • Boylik ehson qilinsa – izzat, berkitilsa – xorlik keltiradi[1][13].
  • Boylik gʻurbatda ham vatan boʻladi, faqirlik vatanda ham gʻurbat boʻladi[1][14].
  • Dahr orzularni yangilaydi, taqdirni yaqinlashtiradi, yomon istaklardan uzoqlashtiradi[1][15].
  • Dunyo hayoti bilan oxirat hayoti bir erkakning ayni vaqtda nikohida boʻlgan ikki xotiniga oʻxshaydi. Biri mamnun boʻlsa, ikkinchisi kuyaveradi[1][16].
  • Dunyo hayotida sogʻlom odam xastadir. Zavqu safo surgan odam oxiri pushaymon boʻlgusidir. Faqir odam hazindir. Boy odam baloga giriftordir. Molining halolining hisobi, haromining azobi bor, shubhali foydalardan ozor topilgusidir[1][17].
  • Iffat hech narsaga ehtiyoj qoldirmaydi[1][25].
  • Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi[1][26].
  • Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qoʻriqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda boʻladi[1][27].
  • Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga taʼlim berayotgan kishiga tavozeʼli boʻlinglar. Sizdan taʼlim olayotgan kishilar ham tavozeʼli boʻlishsin. Jabr qiluvchi olimlardan boʻlmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim boʻlmasin[1][28].
  • Ilm sarvat (boylik)dan ustundir. Chunki sen sarvatni qoʻriqlaysan, ilm esa seni qoʻriqlaydi[1][29].
  • Insof – oliyjanoblik belgisidir[1][30].
  • Insonlarga marhamatli boʻling, qadringiz oshadi[1][31].
  • Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar toʻlqinini duo bilan daf qilinglar[1][32].
  • Ishining mazasi boʻlmagan kishining nasabi ish bermay qoʻyadi[1][33].
  • Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz[1][34].
  • Kechirish – eng yaxshi gʻalabadir[1][37].
  • Kimda-kim gʻarazgoʻylik jilovi bilan bir narsaga erishishga harakat qilar ekan, u shu istagiga erisholmaydi, hatto ajali ham yetmay oʻlib ketadi.
  • Kimki kerilib, oʻzidan mamnun-u magʻrur boʻlib yursa, u oʻziga nisbatan boshqalarning nafratini keltiradi[1][38].
  • Kimki xolis niyat bilan duo qilsa, duosi ijobatdan mahrum boʻlmaydi[1][39].
  • Kimning hojati tushsa, unga koʻmak berish sizga vojibdir[1][40].
  • Kufrga ketishning toʻrtta asosi bor: juda chuqurlashib ketish, oʻzaro kurash, toʻgʻridan-toʻgʻri bosh tortish, darz ketish, boʻlinish[1][41].
  • Kishi oʻzi bilan Alloh oʻrtasidagi aloqasini yaxshilasa, Alloh ham bandalari va uning oʻrtasidagi aloqasini yaxshilaydi[1][23].
  • Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari roʻzador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, islomda bir yoriq paydo boʻladi. U yoriqni faqat olimning oʻrinbosarigina toʻldiradi[1][27].
  • Olimning ado etilishi lozim boʻlgan haqlari bor. Unga koʻp savol bermaslik, javobiga eʼtiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zoʻrlamaslik, oʻrnidan turishga qoʻymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida biror kishini gʻiybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa, uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat koʻrsatish, oldida oʻtirib olmaslik, biror ehtiyoji boʻlsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir[1][45].
  • Oqilning tili qalbining ortida, ahmoqning qalbi esa tilining ortidadir[36].
  • Orzu – tamannoga berilmaslik eng sharafli boylikdir, orzuning oʻzi yomon bir amaldir[1][4].
  • Ogʻizlaringiz Qurʼon yoʻlidir, uni misvok bilan tozalangiz[1][32].
  • Ochkoʻzlikdan hamda yaxshi ovqat, ichkilik, xotin-xalajga berilishdan oʻzini tutish iffat sanaladi[1][46].
  • Sabr ikki xil boʻladi: yomon koʻrilgan narsaga chidamoqlik va yaxshi narsani eshitishga sabr etmoqlik[1][5].
  • Sabr qilinglar, chunki sabr etish – iymondan. Xuddi bosh jasadda boʻlganidek, sabr ham iymonda boʻladi[1][52].
  • Sukut saqlang, uning eng oz foydasi — omonlikdir[1][53].
  • Soʻralmasidan avval berilsa, bu saxovat hisoblanadi. Soʻralganidan soʻng berilsa, hayo yoki mazammat bilan bogʻliq boʻlib qoladi[1][54].
  • Taqvo – Yaratgan (Alloh)dan qoʻrqish, nozil qilgan Kitobiga amal qilish, ozga qanoatda boʻlish va rihlat kuniga tayyorgarlik qilishdir[36][55].
  • Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qoʻyib bersang, gʻajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak[36][56].
  • Yaxshilik molingizni va farzandlaringizni koʻpaytirishda emas. Balki ilmingiz va hilmingizni ziyoda qilishda, odamlarga ibodatingiz bilan magʻburlanmasligingizdadir. Solih amal qilsangiz, Alloh taologa hamd ayting. Gunoh qilib qoʻysangiz, Alloh taolodan magʻfirat tilang[59].
  • Yaxshi qarindoshlik chidamlilik bilan yuzaga keladi[1].
  • Yomon xotin misoli goʻzal kiyingan chayonning oʻzidir[1].
  • Yordamini oʻzgalardan darigʻ tutmagan inson zikri keng yoyiladi[1][37].
  • Oʻqishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir[1][61].
  • Oʻz ahlingizni qadrlang. Zero, ular uchar qanotingiz, oʻrnashgan poydevoringiz va tutar qoʻlingizdir[1].
  • Oʻzgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir[1][37].
  • Oʻziga doʻst topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi. Bundan ham ojizrogʻi esa oldiniga birorta doʻst topadi-yu keyinchalik uni ham yoʻqotib qoʻyadi[1].
  • Chin birodar ogʻir kuningda bilinadi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 1,55 1,56 1,57 1,58 1,59 1,60 1,61 1,62 1,63 1,64 1,65 1,66 1,67 1,68 1,69 1,70 1,71 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 106.
  3. Tursun 2006, s. 29.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 76.
  5. 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 129.
  6. Tursun 2006, s. 30.
  7. 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 67.
  8. Tursun 2006, s. 19.
  9. Tursun 2006, s. 60.
  10. Tursun 2006, s. 161.
  11. Tursun 2006, s. 62.
  12. Tursun 2006, s. 100.
  13. Tursun 2006, s. 104.
  14. Tursun 2006, s. 88.
  15. Tursun 2006, s. 127.
  16. Tursun 2006, s. 75.
  17. Tursun 2006, s. 74.
  18. Tursun 2006, s. 154.
  19. Tursun 2006, s. 103.
  20. Tursun 2006, s. 49.
  21. Tursun 2006, s. 116.
  22. Tursun 2006, s. 48.
  23. 23,0 23,1 Tursun 2006, s. 27.
  24. 24,0 24,1 Tursun 2006, s. 26.
  25. Tursun 2006, s. 160.
  26. Tursun 2006, s. 8.
  27. 27,0 27,1 Tursun 2006, s. 14.
  28. Tursun 2006, s. 6.
  29. Tursun 2006, s. 10.
  30. Tursun 2006, s. 125.
  31. Tursun 2006, s. 128.
  32. 32,0 32,1 Tursun 2006, s. 28.
  33. Tursun 2006, s. 137.
  34. Tursun 2006, s. 143.
  35. Tursun 2006, s. 92.
  36. 36,0 36,1 36,2 36,3 36,4 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  37. 37,0 37,1 37,2 Tursun 2006, s. 134.
  38. Tursun 2006, s. 153.
  39. Tursun 2006, s. 53.
  40. Tursun 2006, s. 111.
  41. Tursun 2006, s. 22.
  42. Tursun 2006, s. 122.
  43. Tursun 2006, s. 32.
  44. Tursun 2006, s. 108.
  45. Tursun 2006, s. 7.
  46. Tursun 2006, s. 162.
  47. Tursun 2006, s. 86.
  48. Tursun 2006, s. 61.
  49. Tursun 2006, s. 140.
  50. 50,0 50,1 Tursun 2006, s. 98.
  51. Tursun 2006, s. 99.
  52. Tursun 2006, s. 31.
  53. Tursun 2006, s. 148.
  54. Tursun 2006, s. 97.
  55. Tursun 2006, s. 40.
  56. Tursun 2006, s. 145.
  57. Tursun 2006, s. 24.
  58. Tursun 2006, s. 25.
  59. Tursun 2006, s. 139.
  60. Tursun 2006, s. 52.
  61. Tursun 2006, s. 59.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.