Kontent qismiga oʻtish

Amal

Vikiiqtibosdan olingan
Amal
Qardosh loyihalar

Amal (arabcha: ‎ — ish, faoliyat, harakat) — islom ilohiyotida din aqidalariga ishonishdan tashqari dindor oʻz faoliyati va harakati bilan bajarishi lozim boʻlgan barcha vazifalar va savob ishlarni ifoda etuvchi tushuncha. Amal umumiy mazmunda diniy marosimlar, urf-odatlar bilan bogʻliq vazifalarni oʻz ichiga oladi. Qurʼonda „amal“ soʻzi juda koʻp suralarda keladi, bunda musulmonlar tomonidan bajariladigan yaxshi, foydali ishlar ham, shayton tomonidan odamlarga qarshi qilinadigan yomon, zararli ishlar ham tushuniladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Amalda qoʻllanilmaydigan bilim jonsiz tanaga oʻxshaydi. Bilim daraxtdir, amal esa – uning mevasi... Hosil bermaydigan shox nosogʻlom boʻladi[1].

Amal qilmay turib, jannatni talab etish gunohlardan biridir[2].

Bu dunyoda savobi boʻlmagan barcha amallarning oxiratda ajr-u mukofoti ham boʻlmaydi[3].

Daraxt oʻrniga gar eksang tikan,
Shunday tikan ekki, gul bersa ekan[4].

Dunyosini tark etib, faqat oxirati uchun amal qilgan odam ham yoki oxiratini tark etib faqat dunyosi uchun amal qilgan odam ham sizlarning yaxshilaringiz emas. Balki unisiniyam, bunisiniyam ushlagan odam yaxshilaringizdir[5]

Hamma kishilar aqlga muhtojdirlar, aql esa amaliyotga, ish-harakatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham amaliyotni aqlning oynasi, deyishadi[6].

Har kim amalga tanballik qilsa, Alloh uni bir gʻamga duchor qiladi[7].

Kimki qilgan ishi, amali bilan maqtansa, barcha yaxshiliklari yomonlikka aylanadi[8].

Kishining tafakkuri uzaysa – biladi, bilsa – amal qiladi[9].

Qalbning qanaqaligini amal koʻrsatadi[10].

Qullik – amal etish, amal bilan hukmlarni muhofaza qilish, vaʼdaga vafo, boriga rizo, yoʻgʻiga sabrdir[11].

Soʻz amal bilan durust boʻladi. Amal va soʻz niyat bilan durust boʻladi. Soʻz, amal va niyat sunnat bilan durust boʻladi[12].

Soʻzning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir[13].

Tavbangning toʻgʻri boʻlishi gunohingni bilish bilan, amalingning toʻgʻri boʻlishi magʻrurlikdan voz kechishing bilan, shukringning toʻgʻri boʻlishi kamchiligingni bilishing bilandir[14].

Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida oʻylash undan qochishga undaydi[10].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 12.
  2. Tursun 2006, s. 23.
  3. Tursun 2006, s. 82.
  4. Tursun 2006, s. 104.
  5. Tursun 2006, s. 70.
  6. Tursun 2006, s. 63.
  7. Tursun 2006, s. 48.
  8. Tursun 2006, s. 140.
  9. Tursun 2006, s. 65.
  10. 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 61.
  11. Tursun 2006, s. 93.
  12. Tursun 2006, s. 33.
  13. Tursun 2006, s. 144.
  14. Tursun 2006, s. 155.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.