Kontent qismiga oʻtish

Anvar Obidjon

Vikiiqtibosdan olingan
Anvar Obidjon

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 25-yanvar 1947
Fargʻona
Vafoti 11-aprel 2020
Toshkent
Qardosh loyihalar

Anvar Obidjon (1947-yil 8-yanvar; Fargʻona viloyati Oltiariq tumani — 2020-yil 11-aprel; Toshkent shahri) — Oʻzbekiston xalq shoiri, yozuvchi va jurnalist.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Hayotning har lahzasi goʻzal,
    Umrning har dami gʻanimat[1].
  • Taomning soz emish ozi,
    Nechun ozga boʻlay rozi?
    Yedirsa kim axir koʻproq,
    Oʻshangʻa yon bosur qozi.
  • Navoiyga oʻxshash-chun
    Patdan qalam yoʻndirdim.
    Chopon kiydim sal uzun,
    Boshga salla qoʻndirdim.
    Sotib oldim bir juft sham,
    Vazirbop par yostiqcha...
    Endi faqat talant kam
    Va... xotin ham ortiqcha.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. „Anvar Obidjon“. hikmatlar.uz. Qaraldi: 5-mart 2025-yil.