Aql
| Aql | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Aql (arabcha : عقل) — falsafada tushunchalar hosil qilish va ularga muvofiq hukm yuritish qobiliyatidir. Bugungi kunda Gʻarbda bu kontseptsiya asosan nemis faylasufi Immanuel Kantning taʼsiri ostida boʻlib, u ratsional tushunishga qarshi turadi, ammo uni idrokdan ajratadi .
A
[tahrirlash]Aql agar koʻzga koʻrinuvchi jism boʻlganda dunyoni qorongʻilik bosmas edi.
Aql baxtga yetish vositasi.
Aql bilan odob, jism bilan jon.
Aql bilan tajribaning aloqasi suv bilan yerning aloqasi kabidir. Suv bilan yer oʻzaro birga boʻlmasa, yerda biror narsa unishi mahol![4]
Aqldek xazina yoʻq, jahldek faqirlik yoʻq, odobday meros yoʻq, mashvaratdek yordamchi yoʻq[6].
Aqlini ishlatgan odam aqllidir. Boshqalarning ham aqlini ishlatgan odam undan-da aqlliroqdir[7].
Aqlli odam kambagʻal boʻlmaydi.
Aqlning alomati kamtarlik, ahmoqlikning belgisi esa takabburlikdir[10].
Aql odamni yashnatadi, nodonlik esa qaqshatadi.
Aql ulugʻlikka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyogʻida band[11].
Arslon oʻz quvvati va shijoati bilan ovqat topib, kun kechirgani kabi inson ham qayda boʻlmasin oʻz aqli bilan kun kechiradi. Agar kishida mol-u dunyo koʻp boʻlsayu, aqli boʻlmasa, qadr-u qimmati ham boʻlmaydi[10].
Azizim, uzoqni koʻruvchi aqlni va olamni bezatuvchi tafakkurni har qanday ishda oʻzing uchun odil hokim va komil sinovchi qilib olki, insoniylik sharafining javhari boshqa hayvonlardan aqlining oʻtkirligi bilan ajralib turadi[1].
B
[tahrirlash]Bir sandiq oltindan bir zarra aql yaxshi.
Boshida aqli yoʻq odamning hayvondan farqi yoʻq.
D
[tahrirlash]E
[tahrirlash]Ey oʻgʻil, bu soʻzim sinalgan beshak,
Boshida aqli yoʻq misoli eshak!
F
[tahrirlash]H
[tahrirlash]Hamma kishilar aqlga muhtojdirlar, aql esa amaliyotga, ish-harakatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham amaliyotni aqlning oynasi, deyishadi[16].
I
[tahrirlash]Insonning boshqa jonzotlardan afzalligi aqldadir. Aqlning maqsadi esa nutq va shirinsuxanlikni takomillashtirishdan iborat[16].
J
[tahrirlash]K
[tahrirlash]N
[tahrirlash]Nafsning tizgini aqlning qo'lidadir, aql nafs ustidan hukm yurgizib, uni yomon yo'ldan asrab turadi. Odatda qaysi narsa ko'paysa, qadri kamayib ketadi. Ammo aql ko'paygan sari qadri oshaveradi. Hamma narsaning chegarasi va to'xtaydigan joyi bor, ammo aqlning chegarasi yo'q[10].
O
[tahrirlash]Odamning aqli soʻzidan bilinadi.
P
[tahrirlash]Pulni ishlatsang ozayadi, aqlni ishlatsang sayqal topib, koʻpayadi.
Q
[tahrirlash]Qanchadan-qancha odamlar aql bilan pastlikdan yuqoriga koʻtariladi, qanchadan-qancha qadrli odamlar nodonlikka yoʻl qoʻyib, pastlik sari qulaydi.
S
[tahrirlash]Serjahl boshda aql boʻlmaydi.
Oʻ
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 55.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 207.
- ↑ Tursun 2006, s. 67.
- ↑ Tursun 2006, s. 60.
- ↑ Voronsov 1989, s. 29.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 201.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 58.
- ↑ Tursun 2006, s. 66.
- ↑ Tursun 2006, s. 80.
- ↑ Voronsov 1989, s. 28.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 64.
- ↑ Tursun 2006, s. 62.
- ↑ 16,0 16,1 Tursun 2006, s. 63.
- ↑ Tursun 2006, s. 116.
- ↑ Tursun 2006, s. 156.
- ↑ Tursun 2006, s. 36.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 170.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 195.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.