Atom odatlar
Qiyofa
| Atom odatlar | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Atom odatlar (inglizcha: Atomic habits) James Clear tomonidan 2018-yilda nashr etilgan kitob. Kitob oʻzida yaxshi va yomon odatlar kuchi, muvaffaqiyat sabablari, odatlar va muvaffaqiyatning oʻzaro bogʻliqligi haqida empirik va nazariy taʼlimotlarni aks ettiradi. Kitob New York Times bestselleri hisoblanib, dunyo boʻyicha 8 milliondan ortiq nusxadan ortiq sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan.
Asosiy tamoyillar: Nega kichik oʻzgarishlar katta natijalarga olib keladi?
[tahrirlash]1. Atom odatlarning hayratlanarli kuchi
[tahrirlash]- Odatlar – oʻz ustida ishlash jarayonidagi koʻpayib boruvchi foizlardir. Har kuni bir foizdan yaxshilanib borish uzoq muddatda katta ahamiyat kasb etadi[1].
- Odatlar ikki tomoni oʻtkir quroldir. Ular sizning foydangizga yoki zararingizga ishlashi mumkin. Shu sababli ularning mexanizmlarini tushunish juda muhim[1].
- Maʼlum boʻsagʻdan oʻtmaguncha kichik oʻzgarishlar aytarli natija keltirmaydi. Har qanday geometrik progressiyada eng katta yutuqlar eng oxirida keladi. Bu bizdan sabr talab etadi[1].
- Atom odat – katta tizimning tarkibiy qismi boʻlgan kichik odatdir. Molekulalar atomlardan tuzilgani kabi katta natijalar ham atom odatlardan tashkil topadi[1].
- Yaxshi natijalarga erishishni istasangiz, oldingizga maqsad qoʻyishdan oʻzingizni tiying. Uning oʻrniga eʼtiborni tizimga qarating[1].
- Siz maqsadlaringiz darajasigacha koʻtarilmaysiz, balki tizimingiz darajasiga tushasiz[1].
2. Odatlar shaxsiyatni qanday shakllantiradi? (va aksincha)
[tahrirlash]- Kim ekaningizni oʻzgartirishning eng samarali usuli nima qilayotganingizni oʻzgartirishdir[2].
- Har qanday saylovda ikkala nomzodga ham ovoz beriladi. Gʻolib boʻlish uchun esa bir ovozdan saylanish shart emas. Koʻproq ovozga ega boʻlish kifoya[3].
- Dastlab, kim boʻlishni belgilab oling. Bu har qanday darajaga: yakka shaxs, kichik jamoa, jamiyat va millat darajasiga ham tegishli. Kim sifatida gavdalanishni xohlaysiz? Tamoyillaringiz va qadriyatlaringiz nimalardan iborat? Kim boʻlishni istaysiz?[4]
- Xulq-atvorning uch qatlami mavjud: natijalar, jarayonlar va shaxsiyat[5].
- Odatlarni oʻzgartirishning eng samarali usuli eʼtiborni erishmoqchi boʻlgan natijalarga emas, balki kim boʻlishni istashingizga qaratishdir[5].
- Shaxsiyat odatlaringiz asosida shakllanadi. Har bir qilgan harakatingiz qanday turdagi odam boʻlishingizga berilgan ovozdir[5].
- Oʻzingizning eng yaxshi „men“ingizga aylanish uchun qarashlaringizni davriy ravishda qayta koʻrib chiqish, shaxsiyatingizni kengaytirish va yangilab turish talab etiladi[5].
- Odatlarni hosil qilishning asl mohiyati yaxshi natijalarga erishish emas (garchi ular yaxshi natijalarga yetishda yordam bersa ham), balki oʻzingiz haqingizdagi tasavvurlaringizni oʻzgartirishdir[5].
3. Yaxshi odatlarni shakllantirishning toʻrtta oddiy bosqichi
[tahrirlash]- Odat avtomatik darajaga yetguncha takrorlangan xatti-harakatdir[6].
- Odatlarning asl sababi muammolarni imkoni boricha kamroq quvvat va urinish sarflab hal qilishga intilishdir[6].
- Har qanday odatni toʻrt bosqichli qayta aloqa halqasi – signal, istak, javob va mukofotga ajratib chiqish mumkin[6].
- Xulq-atvor oʻzgarishining toʻr qoidasi yaxshi odatlarni hosil qilishda foydalaniladigan oddiy yoʻriqnomalar yigʻindisidir. Ushbu toʻrt qoidaga koʻra yaxshi odatlar (1) koʻzga yaqqol tashlanadigan, (2) jozibali, (3) oddiy va (4) qoniqarli boʻlishi kerak[6].
Birinchi qoida: Odat yaqqol boʻlishi kerak.
[tahrirlash]4. Koʻrinishi yaxshi boʻlmagan odam
[tahrirlash]- Yetarli darajada takrorlashdan soʻng miyangiz maʼlum bir natijada dalolat beruvchi signallarni ongsiz ravishda ham aniqlay oladigan boʻliq qoladi[7].
- Odatlar avtomatik boʻlib qolgandan keyin qilayotgan ishimizga berayotgan eʼtibor susayadi[7].
- Xulq-atvorni oʻzgartirish jarayoni doimo ogohlikni oshirish bilan boshlanadi. Odatlarni oʻzgartirishdan oldin ularning mavjud ekanidan boxabar boʻlishingiz kerak[7].
5. Yangi odatlarni boshlashning eng yaxshi yoʻli
[tahrirlash]- Xulq-atvor oʻzgarishining birinchi qoidasi – odat yaqqol boʻlishi kerak[8].
6. Motivatsiyaga ortiqcha baho beriladi. Muhitning ahamiyati kattaroq.
[tahrirlash]- Muhit – inson xulq-atvorini shakllantiruvchi koʻzga koʻrinmas kuchdir[9].
- Mahsulot yoki xizmat koʻzga qanchalik oson tashlansa, undan odamlar shunchalik koʻproq foydalanadi[9].
- Muhitdagi kichik oʻzgarishlar xulq-atvorimizda katta oʻzgarishlarga sabab boʻladi[10].
7. Intizom siri
[tahrirlash]- Inson oʻz-oʻzini qanchalik yaxshi nazorat qila olsa, bunga ehtiyoj shunchalik kam boʻladi. Inson muayyan ishlarni bajarmasa, bu ishda oʻziga taqiq qoʻyishiga hojat qolmaydi. Albatta, tirishqoqlik, oʻz maqsadidan ogʻishmaslik va iroda muvaffaqiyatga erishish uchun oʻta muhim sifatlar. Ammo ularni intizomliroq boʻlishga harakatlar emas, balki intizomli muhitni yaratish yoʻli bilan erishish mumkin[11].
- Yomon odatlar oʻz-oʻzini kuchaytirish xususiyatiga ega. Ular qoniqtirishi zarur boʻlgan ehtiyojni yanada kuchaytiradi[12].
- Qisqacha qilib aytganda, odatlarga qarshilik qilish mumkin, ammo ularni xotiradan oʻchirib tashlab boʻlmaydi[12].
- Nafsingizni bir yoki ikki marta tiyishingiz mumkin. Ammo xohish-istaklaringizniga qarshilik qilish uchun doimo ham oʻzingizda kuch topa olmasligingiz mumkin[13].
- Toʻgʻri ishni bajarish uchun har safar irodangizga tayangandan koʻra gʻayratingizni atrof-muhitni optimallashtirishga sarfash maʼqulroq boʻladi. Oʻz-oʻzini nazorat qilish va kuchli irodaning siri ham shunda[13].
- Xulq-atvor oʻzgarishining birinchi qoidasiga qarama-qarshi ravishda yomon odatning signallari koʻzga kamroq tashlanishi kerak[13].
- Odat shakllanib boʻlgandan soʻng xotiradan oʻchib ketmaydi[13].
- Oʻz-oʻzini nazorat qila oladigan kishilar kamdan-kam hollarda mayl uygʻotuvchi vaziyatlarga kam vaqt sarflaydilar. Xohish-istaklar bilan kurashish oʻrniga ularning oldini olish osonroq[13].
- Yomon odatlardan qutulishning eng samarali usuli bu unga turtki boʻladigan signallar bilan kamroq toʻqnash kelishdir[13].
- Oʻzini-oʻzi nazorat qilish uzoq muddatli stratediya emas, u faqat qisqa muddatli taktikadir[13].
Ikkinchi qoida: Odat jozibali boʻlishi kerak.
[tahrirlash]8. Odatni qanday jozibali qilish mumkin?
[tahrirlash]- Maʼlum bir hodisa yoki imkoniyat qanchalik jozibali boʻlsa, uning odat hosil qila olish kuchi shunchalik yuqori boʻladi[14].
- Agar odatlarga amal qilish ehtimolini oshirishni istasangiz ularni jozibaliroq qiling[15].
- Odatlar – bu dofaminga bogʻliq qayta aloqa halqasidir[16].
- Mukofotni olish oʻrniga uning yaqinligini sezish bizni harakatga keltiradi[17].
- Intilish – xulq-atvorimizni harakatga keltiruvchi kuchdir. Har qanday harakat ortida kelayotgan mukofotni sezish yotadi. Aynan istak javob reaksiyasiga turtki beradi[18].
- Agar maʼlum odat bilan bir vaqtda oʻzingiz yoqtirgan ishni qiladigan boʻlsangiz, ushbu odat ancha yoqimliroq boʻladi[19].
9. Odatlar shakllanishida yaqin insonlar oʻrni.
[tahrirlash]- Koʻpincha madaniyatingiz uchun xos boʻlgan qoidalarga oʻylamasdan, ularga tanqidiy yondashmasdan va hatto mavjudligini anglamasdan rioya qilasiz[20].
- Yaxshi odatlarni shakllantirishning eng samarali usullaridan biri bu siz istagan odat kundalik xulq-atvoriga aylangan jamoaga qoʻshilishdir[21].
- Sizni oʻrab turgan ijtimoiy muhit nimalarni „normal“ deb hisoblashingizni belgilaydi[21].
- Guruh tomonidan qabul qilinish koʻpincha bahsda gʻolib boʻlish, aqlliroq koʻrinish yoki haqiqatni bilishdan koʻra koʻproq qadrlanadi. Koʻp hollarda bir oʻzimiz haq boʻlgandan koʻra omma bilan nohaq boʻlishni afzal koʻramiz[22].
- Biz yashayotgan ijtimoiy muhit qanday xulq-atvor jozibali ekanini belgilaydi[23].
- Biz yashayotgan jamoa tomonidan qabul qilingan va qadrlanadigan odatlarni oʻzlashtirishga moyilmiz. Chunki barchamizda maʼlum jamoaga daxldor boʻlish ehtiyoji juda kuchli[23].
- Uch guruhga mansub kishilarning odatlariga koʻproq taqlid qilamiz: yaqinlarimiz (oila va doʻstlar), koʻpchilik (jamoa) va nufuzlilar (yuqori martaba va obroʻ egalari)[23].
- Yaxshiroq odatlarni shakllantirishning eng samarali usullaridan biri bu ham biz istagan xulq-atvor normaga aylangan (1), ham biz bilan qandaydir umumiylikka ega (2) boʻlgan jamoaga qoʻshilishdir[23].
- Jamoaning meʼyoriy xulq-atvori yakka shaxsning yaxshiroq xulq-atvorini chetga surib qoʻyadi. Koʻp hollarda bir oʻzimiz haq boʻlgandan koʻra omma bilan nohaq boʻlishni afzal koʻramiz[23].
- Oʻzgalarning hurmati va maqtoviga sazovor boʻlishga yordam beradigan odatlar jozibali tuyuladi[23].
10. Yomon odatlar sababini aniqlash va ularni yoʻqotish
[tahrirlash]- Hozirgi holat va siz istagan holatlar oʻrtasidagi boʻshliq sizni harakat qilishga undaydi[24].
- Har qanday xulq-atvor ortida yuzaki istak hamda chuqur yashiringan motiv yotadi[25].
- Kundalik odatlaringiz qadimgi ehtiyojlarni qondirishning zamonaviy yechimlaridir[25].
Uchinchi qoida: Odat oson boʻlishi kerak.
[tahrirlash]11. Sekin yursangiz ham chekinmang
[tahrirlash]- Eng yaxshi usulni izlashga shunchalik berilib ketamizki, haqiqiy ishga qoʻl ham urmaymiz[26].
- Agar biror odatning ustasiga aylanishni istasangiz, ishni mukammallikka intilish bilan emas, takrorlash bilan boshlash zarur[27].
- Odatlarning shakllanishi vaqtga emas, balki takrorlanishga bogʻliq[28].
- Oʻrganishning eng samarali yoʻli rejalashtirish emas, balki mashq qilishdir[29].
- Harakatda boʻlishga emas, ishga kirishishga urining[29].
- Odatning shakllanishi xatti-harakatlarni takrorlash tufayli tobora avtomatlashib boradigan jarayondir[29].
- Odatga sarflangan vaqt uning necha marta takrorlanishichalik muhim emas[29].
12. Kuchni tejash qonuni
[tahrirlash]- Odat qancha kam quvvat talab qilsa uning sodir boʻlish ehtimoli ham shunchalik ortadi[30].
- Inson xulq-atvori kuchni tejash qonuniga boʻysunadi. Eng kam mehnat talab qiladigan ishlarni tabiiy ravishda afzal koʻramiz.
- Toʻgʻri ishni amalga oshirish iloji boricha oson boʻlgan muhit yarating.
- Yaxshi ishlarni bajarishdagi toʻsiqlarni kamaytiring. Toʻsiq kam boʻlsa, odatni amalga oshirish osonlashadi.
- Yomon odatlarni amalga oshirish paytidagi qiyinchiliklarni koʻpaytiring. Toʻsiqlar koʻpayganda odat qiyinlashadi.
- Kelajakdagi ishlarni yengillashtirish uchun muhitni tayyorlang.
13. Ikki daqiqa qoidasi.
[tahrirlash]- Odatlar katta yoʻlning kirish qismidir, manzil emas[31].
- Garchi oʻzgarishlarni asta-sekin boshlash kerakligini bilsangiz ham, katta oʻzgarishlarga osongina aldanib qolasiz. Hayotingizga qandaydir oʻzgartirish kiritmoqchi boʻlasiz, yuzaga kelgan hayajon sizni chulgʻab oladi va natijada oʻz vaqtidan avval koʻp ish qilishga urinasiz[31].
- Avvalboshdanoq mukammal odatni shakllantirgandan koʻra oddiy harakatni doimiy ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi[32].
- Oʻzgarishlar haqida fikrlaganimizda biz ularni kamdan-kam holda shu koʻrinishda tasavvur qilamiz. Chunki hamma soʻnggi natijaga erishish bilan ovora. Biroq bir marta mashq qilish umuman qilmagandan koʻra yaxshiroq[33].
- Odatni amalga oshirish uchun bir necha soniya yetarli boʻlishi mumkin, biroq ular bir necha daqiqa yoki soatlardan keyin ham xulq-atvorga taʼsir qiladi[34].
- Koʻpchilik odatlar hal qiluvchi daqiqalarda sodir boʻladi. Ular xuddi yoʻlning ikkiga ajralishiga oʻxshasb sizni mahsuldor yoki mahsuldor boʻlmagan yoʻnalishga yetaklaydi[34].
- Ikki daqiqa qoidasi: „Yangi odatni boshlamoqchi boʻlganingizda u ikki daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak“[34].
- Jarayonning boshlangʻich qismini marosim shakliga qanchalik koʻproq keltira olsangiz, buyuk ishlarni qilish uchun eʼtiboringizni jamlash shunchalik yengillashadi[34].
- Yanada ishlov berishdan oldin odatlarni bir yoʻsinga keltirib olishingiz zarur. Hali shakllanmagan odatni yaxshilab boʻlmaydi[34].
14. Yaxshi odatlarni muqarrar, yomonlarini esa imkonsiz qilish
[tahrirlash]- Xulq-atvor oʻzgarishining 3-qoidasiga teskari ravishda yomon odatlar qiyinroq boʻlishi kerak[35].
- Majburiyat qurilmasi — hozirda qilingan, biroq kelajakda siz istagan xulq-atvorni taʼminlaydigan tanlovdir[35].
- Kelajakda siz istagan xulq-atvorga erishishning eng yaxshi yoʻli odatlarni avtomatlashtirishdir[35].
- Bir martalik qarorlar, masalan, yaxshiroq matrass sotib olish yoki avtomatik pul jamgʻarish xizmatiga ulanish, kelajakdagi odatlaringizni avtomatlashtiradi va vaqt oʻtish bilan tobora qimmatliroq natijalar beradi[35].
- Odatlarni avtomatlashtirishda texnologiyalardan foydalanish yaxshi xulq-atvorni taʼminlashning eng ishonchli va samarali usulidir[35].
4-qoida. Odat qoniqarli boʻlishi kerak.
[tahrirlash]15. Xulq-atvor oʻzgarishining bosh qoidasi
[tahrirlash]- Xulq-atvor oʻzgarishining 4-qoidasiga koʻra odat qoniqarli boʻlishi kerak[36].
- Qoniqish hissini uygʻotgan harakatlarni takrorlash ehtimolimiz kattaroq[36].
- Inson miyasi darhol erishiladigan mukofotlarni kechikkan natijalardan afzal koʻrishga moslashgan[36].
- Xulq-atvor oʻzgarishining eng asosiy qoidasi: darhol mukofotlanadigan harakatlar takrorlanadi, darhol jazolanadigan harakatlar ishlardan esa odamlar oʻzini olib qochadi[36].
- Odatlarga rioya qilishdan ogʻishmasligingiz uchun kichik boʻlsa ham darhol muvaffaqiyatni his qilishingiz kerak[36].
- Xulq-atvor oʻzgarishining dastlabki uch qoidasi: odatni koʻzga tashlanadiga, jozibali va oson qilish, uning hozirda bajarilishini taʼminlaydi. Odatlarning qoniqarli boʻlishini talab qiladigan 4-qoida esa harakatning kelajakda takrorlanish yoki takrorlanmasligini belgilaydi[36].
16. Yaxshi odatlarni qanday kanda qilmaslik mumkin?
[tahrirlash]- Oʻsishni his qilish eng yoqimli hislardan biridir[37].
- Odatlarni qayd qilib borish ularni qilgan yoki qilmaganingizni koʻrsatuvchi oddiy usuldir. Masalan, kalendardagi belgi[37].
- Odatlarni qayd qilib borish va oʻlchovning boshqa vizual shakllari oʻsishni koʻrsatib berish yoʻli bilan odatni bajarishdagi qoniqish hissini kuchaytiradi[37].
- Zanjirni uzmang. Odatlarni uzilishlarsiz bajarishga harakat qiling[37].
- Hech qachon odatni ikki marta qoldirmang. Bir marta oʻtkazib yuborishingiz bilan odatlarni davom ettirishga harakat qiling[37].
- Agar biror narsani oʻlchashning iloji boʻlsa, bu hali uning eng muhim jihat ekanini bildirmaydi[37].
17. Odat shakllantirishda doʻstlar yordami
[tahrirlash]- Oqibatlar ogʻir boʻlganda odamlar juda tez oʻrganadi[38].
- Darhol yuzaga keladigan ozginagina ogʻriqdan qochish uchun koʻp narsalarga tayyormiz[39].
- Yomon odatni qoniqarsiz qilishning eng yaxshi yoʻli bu uni darhol jazolashdir[40].
- Xulq-atvor oʻzgarishining 4-qoidasiga teskari ravishda yomon odatlar qoniqarsiz boʻlishi kerak[41].
- Agar maʼlum xatti-harakat ogʻriqli yoki qoniqarsiz boʻlsa biz uni kamroq takrorlaymiz[41].
- Oldida javob beradigan insonning boʻlishi natijasida harakatsizlikning oqibatlarini darhol his qilamiz. Boshqalar biz haqimizda nima deb oʻylashayotgani bilan doim hisoblashamiz. Ular biz haqimizda yomon fikrga ega boʻlishlarini istamaymiz[41].
- Har qanday ish-harakatning ijtimoiy oqibatlarini ogʻirlashtirish uchun odat shartnomasidan foydalanish mumkin. Natijada vaʼdamizning ustidan chiqa olmasak, boshqalar oldida sharmanda boʻlamiz[41].
- Kimdir kuzatib turganini bilish kuchli stimullovchi vositadir[41].
Ilgʻor usullar: Yaxshidan chinakam buyukka qanday aylanish mumkin?
[tahrirlash]18. Isteʼdod haqida haqiqat (irsiyat qachon ahamiyatli boʻladi?)
[tahrirlash]- Muvaffaqiyat qozonish ehtimolini oshirishning siri — bellashuv turini toʻgʻri tanlashdadir[42].
- Odatlar tugʻma qobiliyatlaringiz va qiziqishlaringizga mos kelganda ularni bajarish osonlashadi va qoniqarliroq boʻladi[42].
- Irsiyatning kuchi bir vaqtning oʻzida ularning eng nozik tomoni hamdir[43].
- Har qanday raqobatga boy sohaning eng choʻqqisiga erishgan kishilar nafaqat yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, balki shu sohaga mos tushgan ham. Shu sababdan ham chindanda buyuk boʻlishni istasangiz, oʻzingizga mos keladigan sohani tanlash juda ham muhim[43].
- Qisqacha qilib aytganda, gen taqdiringizni belgilab bermaydi. Ular qaysi sohalarda katta imkoniyatga ega ekaningizni belgilaydi[44].
- Eng ommabop odatlarni emas, oʻzingizga mos keladiganlarini tanlang[45].
- Maʼlum sohada isteʼdodi boʻlgan kishilar vazifalarni boshqalarga qaraganda yaxshiroq uddalay oladi va buning uchun eʼtirofga sazovor boʻladi. Boshqalar eplolmagan ishni bajara olgani, koʻproq maosh berilishi va imkoniyatlarning kengligi ularning kuchiga kuch qoʻshadi. Ular oʻzlarini nafaqat baxtliroq sezadi, balki bu yanada yuqoriroq natijalarga erishishga undaydi. Bu jarayon oʻz-oʻzini kuchaytiradi[46].
- Toʻgʻri odatni tanlasangiz, oʻsish yengillashadi. Notoʻgʻri odatni tanlasangiz, boshingiz qiyinchiliklardan chiqmay qoladi[46].
- Koʻp hollarda odamlarning notoʻgʻri odatni tanlashi oʻta qiyin odatni tanlanganini anglatadi[46].
- Uzoq muddat davomida oʻsib boradigan boʻlsak, har qanday soha ham qiyinlashib boradi[46].
- Boshqalardan koʻra sizni kamroq qiynaydigan vazifalar aynan siz uchun yaratilgan[47].
- Agar ustunlik siz tomonda boʻlgan oʻyinni topa olmasangiz, uni oʻzingiz yarating[48].
- Yaxshiroq boʻlib gʻolib boʻlishning iloji boʻlmaganda boshqacha boʻlib gʻalabaga erishish mumkin[48].
- Qobiliyatlarni uygʻunlashtirish raqobatni kamaytiradi, boshqalardan ajralib turishni esa yengillashtiradi[48].
- Yaxshi oʻyinchi hamma ishtirok etadigan oʻyinda gʻolib boʻlish uchun qattiq mehnat qiladi. Buyuk oʻyinchilar esa ustunligini kuchaytirib, kamchiliklarini yaxshiradigan yangi oʻyin yaratadi[49].
- Genimiz mashaqqatli mehnatga boʻlgan talabni yoʻqotmaydi. U say-harakatlarimizga yoʻnalish berib, qaysi vazifalar ustida qattiq ishlash kerakligini koʻrsatadi. Kuchimizni toʻgʻri baholab olgandan keyin vaqtimizni va quvvatimizni qayerga sarflash kerakligini tushunamiz[50].
- Muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshirish siri raqobatlashish uchun toʻgʻri sohani tanlashdadir[51].
- Toʻgʻri odatni tanlay olsangiz, oʻsish yengillashadi. Notoʻgʻri odatni tanlasangiz boshingiz qiyinchiliklardan chiqmay qoladi[51].
- Genlar osonlikcha oʻzgarmaydi. Natijada ular qulay sharoitlarda juda katta ustunlik yaratadi, noqulay vaziyatlarda esa halaqit qiladi[51].
- Tabiatingizga mos keladigan odatlarga amal qilish osonroq boʻladi. Oʻzingizga toʻgʻri keladigan odatlarni tanlang[51].
- Ustunlik siz tomonda boʻlgan oʻyinlarni oʻynang. Agar bunday oʻyinni topa olmasangiz, uni oʻzingiz yarating[51].
- Gen mashaqqatli mehnatga boʻlgan talabni yoʻqotmaydi. U say-harakatlaringizga yoʻnalish berib, qaysi vazifalar ustida ishlash kerakligini koʻrsatadi[51].
19. Oltin meʼyor qoidasi: Ish va hayotda motivatsiyani qanday saqlash mumkin?
[tahrirlash]- Qachondir oʻz ustida ishlayotgan har qanday odamning oldida qiyin bir vazifa paydo boʻladi: zerikish bilan birga yashay olish[52].
- Biron-bir sohada mukammallikka erishishning yakkayu yagona usuli bir ishni qayta-qayta qilishdan rohatlanishdir. Siz zerikishni sevishingiz kerak[53].
- Oltin meʼyor qoidasiga koʻra, inson oʻz imkoniyatlari chegarasidagi vazifalarni bajarayotganda uning motivatsiyasi eng yuqori choʻqqiga chiqadi[53].
- Muvaffaqiyat yoʻlidagi eng katta toʻsiq muvaffaqiyatsizlik emas, balki zerikishdir[53].
- Odatda koʻnikib borar ekanmiz, qiziqish va qoniqishimiz susayib boradi. Biz zerika boshlaymiz[53].
- Ishtiyoqi baland boʻlgan paytda har qanday inson qattiq mehnat qila oladi. Vazifa zerikarli boʻlganda ham ishlashda davom etish bizni boshqalardan ajratib turishi mumkin[53].
- Professionallar reja boʻyicha harakat qiladi, havaskorlar esa turli sabablar asosiy maqsaddan chalgʻitishiga qoʻyib beradi[53].
20. Yaxshi odatlarning salbiy jihati
[tahrirlash]- Bitta narsani oʻylamasdan takrorlash yoʻli bilan boshqalardan ajralib turish qiyin[54].
- Oʻz harakatlaringiz ustida ishlamasangiz, turli bahonalar oʻylab topish va oʻz-oʻzingizni aldash uchun yoʻl ochiladi. Chunki usiz oldingi safarga nisbatan oʻzingizni vazifani yaxshiroq yoki yomonroq uddalayotganingizni bilolmay qolasiz[55].
- Maʼlum bir gʻoya siz uchun qanchalik qadrli boʻlib, shaxsiyatingizga yaqin boʻlsa, unga qaratilgan tanqidlardan shunchalik shijoat bilan himoyalanasiz[56].
- Shaxsiyatga qancha yopishib olsangiz, yuksakroqqa oʻsish shunchalik qiyinlashadi[57].
- Oʻzlikning bunday yoʻqotishlari oldini olish uchun kim ekaningizning taʼrifini shunday oʻzgartirish kerakki, muayyan rolingiz oʻzgarganida ham oʻzligingiz oʻzgarmay qolsin[57].
- Oʻzini anglamaslik — zahar, mulohaza va tahlil esa ziddi zahardir[58].
- Odatlarning yaxshi tomoni shundaki, maʼlum harakatlarni oʻylamasdan qila olamiz. Ularning kamchiligi — mayda xatolarni sezmay qolamiz[59].
- Odat + Ongli mashgʻulot = Yuksak mahorat[59].
- Mulohaza va tahlil xatti-harakatlaringizni uzoq muddat davomida ongli ravishda kuzatib borish imkonini beruvchi jarayondir[59].
- Oʻzlikka qanchalik yopishib olsak, yuksakroq oʻsish shunchalik qiyinlashadi[59].
Xotima
[tahrirlash]Davomli natijalar siri
[tahrirlash]- „Nima uchun?“ savoliga javobimiz boʻlsa, „qanday qilib?“ degan istalgan muammoni hal qila olamiz[60].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Jeyms Klir 2021, s. 40.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 52.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 52-53.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 53.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Jeyms Klir 2021, s. 56.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Jeyms Klir 2021, s. 71.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Jeyms Klir 2021, s. 83.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 95.
- ↑ 9,0 9,1 Jeyms Klir 2021, s. 98.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 107.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 110.
- ↑ 12,0 12,1 Jeyms Klir 2021, s. 111.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 Jeyms Klir 2021, s. 113.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 119.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 120.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 123.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 124.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 126.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 127.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 134.
- ↑ 21,0 21,1 Jeyms Klir 2021, s. 136.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 140.
- ↑ 23,0 23,1 23,2 23,3 23,4 23,5 Jeyms Klir 2021, s. 142-143.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 149.
- ↑ 25,0 25,1 Jeyms Klir 2021, s. 153.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 159.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 161.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 164.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 29,3 Jeyms Klir 2021, s. 165.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 169.
- ↑ 31,0 31,1 Jeyms Klir 2021, s. 181.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 183.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 185.
- ↑ 34,0 34,1 34,2 34,3 34,4 Jeyms Klir 2021, s. 188.
- ↑ 35,0 35,1 35,2 35,3 35,4 Jeyms Klir 2021, s. 197.
- ↑ 36,0 36,1 36,2 36,3 36,4 36,5 Jeyms Klir 2021, s. 214.
- ↑ 37,0 37,1 37,2 37,3 37,4 37,5 Jeyms Klir 2021, s. 228.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 230.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 231.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 234.
- ↑ 41,0 41,1 41,2 41,3 41,4 Jeyms Klir 2021, s. 235.
- ↑ 42,0 42,1 Jeyms Klir 2021, s. 241.
- ↑ 43,0 43,1 Jeyms Klir 2021, s. 242.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 243.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 246.
- ↑ 46,0 46,1 46,2 46,3 Jeyms Klir 2021, s. 247.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 249.
- ↑ 48,0 48,1 48,2 Jeyms Klir 2021, s. 250.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 251.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 252.
- ↑ 51,0 51,1 51,2 51,3 51,4 51,5 Jeyms Klir 2021, s. 253.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 262.
- ↑ 53,0 53,1 53,2 53,3 53,4 53,5 Jeyms Klir 2021, s. 263.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 266.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 271.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 274.
- ↑ 57,0 57,1 Jeyms Klir 2021, s. 275.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 276.
- ↑ 59,0 59,1 59,2 59,3 Jeyms Klir 2021, s. 277.
- ↑ Jeyms Klir 2021, s. 285.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Jeyms Klir. Atom odatlar, tarjimon Sarvinoz Qosimova, Toshkent: „Nihol“ nashriyoti, 2021 — 300-bet. ISBN 978-9943-23-194-8.