Kontent qismiga oʻtish

Axloq

Vikiiqtibosdan olingan
(Axloqiydan yoʻnaltirildi)
Axloq
Qardosh loyihalar

Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aqliy halovatga axloqiy fazilatlar tufayli erishiladi[1].

Aql prinsiplariga asoslangan va insonning ezgulik sari tabiiy intilishidan kelib chiqadigan axloqdan oʻzga axloq boʻlishi mumkin emas[2].

Avvalo yaxshi axloqni, keyin donishmandlikni oʻrgan, chunki axloqli boʻlmay turib, donishmand boʻlish amri mahol[2].

Seneka

Axloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi[2].

Arastu

Axloqiylik degan biz faqat tashqi muomalani koʻzda tutmaymiz, balki niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz[2].

Axloq kishilik jamiyatining yuksalishi uchun xizmat qiladi[3].

Axloqli kishi hatto oʻz hayotidan ayrilgan taqdirida ham doʻstlari va vatani uchun koʻp ishlar qiladi[2].

Arastu

Axloq nima? U nimadan iborat boʻlmogʻi kerak? Kishining qadr-qimmati va uning yuksak mavqeiga qatʼiy, chuqur eʼtiqod, unga qizgʻin, soʻnmas ishonchdir. Shu eʼtiqod, shu ishonch jamiki bashariyat ezguligining, barcha amaliy ishlarning qaynar bulogʻidir[3].

Axloqning asosi iymonga bogʻliqdir. Iymonsizning axloqi boʻlmaydi[4].

Axloq odamlar aro mavjud boʻlgan munosabatlar va shu munosabatlardan kelib chiqadigan masʼuliyatlar haqidagi fandir[3].

Axloq uzundan-uzun gap, nasihatgoʻylikdan koʻra ixchamgina hikmatli soʻzlarda yaxshi ifodalanadi[5].

Bir joyda axloqsizlik yoyilsa, Alloh (yaxshi-yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi[6].

Bizning jamiyat uchun axloqiy normalarning oddiy roʻyxati emas, balki mukammal, amalga oshirib boʻladigan bus-butun axloqiy sistema qatʼiyan zarurki, bu sistemada bir tomondan gʻoyat jiddiy falsafiy xulosalar va ikkinchi tomondan esa ijtimoiy-axloqiy anʼanalar sistemasi oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak[7].

Eng yengil va foydali ibodat kam gapirish va yaxshi axloqli boʻlishdir[8].

Hayotdan uzib olingan axloq har qanday axloqiy mohiyatni yoʻqotgan hayot yangligʻ axloqsizdir[3].

Idroklilik va axloqiylik hamisha bir-biriga muvofiq keladi[1].

Insonning axloqiy tabiati uning jismoniy tabiatidan shu bilan ajralib turadiki, unda hech qanday absolyutlik yoʻq: yurish-turish biron-bir hodisa tufayli yuzaga chiqadigan xarakterlar yoki gʻoyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador boʻladi[7].

Inson soʻzi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi.

Kitob odob-axloqning koni, bilimning esa bulogʻidir.

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi oʻn xislatdan iboratdir: saxovat va hayo, rostgoʻylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr[11].

Nimaki goʻzal ekan — u axloqiydir[1].

Odamlarga inson tabiati, tajribasi, idrokiga asoslangan insoniy axloq kerak[7].

Ota-onasi oʻlgan odamni emas, odob-axloqi boʻlmagan odamni yetim de[12].

Yuksak axloqiylik — bu kollektiv foydasi uchun oʻz shaxsiyatini qurbon qilishdir[2].

Oʻrinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib boʻlmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmy turib, oʻrinli, axloqli va adolatli yashab boʻlmaydi[1].

Epikur

Shaxsiy axloq hamisha ijtimoiy axloqqa boʻysunadi[7].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Voronsov 1989, s. 29.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Voronsov 1989, s. 28.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Voronsov 1989, s. 26.
  4. Tursun 2006, s. 27.
  5. Voronsov 1989, s. 9.
  6. Tursun 2006, s. 127.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Voronsov 1989, s. 27.
  8. Tursun 2006, s. 54.
  9. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 116.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
  11. Tursun 2006, s. 122.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 192.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.