Kontent qismiga oʻtish

Ayol

Vikiiqtibosdan olingan
Ayol

Qardosh loyihalar

Ayol – balogʻatga yetgan xotin-qiz jinsidagi inson, odam bolasini dunyoga keltiruvchi ikki jinsdan biri (umuman erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs, xotin).

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aqlli ayol erining kamchiliklariga bir koʻzini yopar va ikkinchi koʻzi bilan unga qarab yashar

Ayol bilan tanishi uchun bir necha daqiqa yetarli, uni yaxshi bilish uchun esa yillar kerak[2].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asari, „Uchinchi gurung: Doka roʻmol qachon quriydi?“ boʻlimidan

Ayol, bil, lutf-u himmatga sazovor,
Goʻdakdek mehr-u shafaqatga sazovor[3].

Ayol kishiga eng haqqi koʻp kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi koʻp kishi — onasidir[4].

Ayol koʻp narsani talab qilmaydi: faqat uning eri har qanday ayol oldida kuchli boʻlsa-da, oʻz ayolining oldida zaif boʻlishi kerak[1][5].

Ayol zoti shunday mavjudotki, uni qanchalik oʻrganmang, butkul yangicha koʻrinish olaveradi[6].

Lev Tolstoy, "Anna Karenina" asaridan

Ayollar inson faoliyatidagi asosiy toʻsiqdir[6].

Ayolni sevish qiyin. Sevgiga hech qanday toʻsqinliksiz, qulay tarzda erishishning faqat bitta yoʻli bor — bu nikoh[6].

Ayollar har tarafga aylanadigan vintlardir[6].

Badxulq va bemaʼni erga uchragan ayolning asosiy vazifasi shundan iboratki, u bor kuchini sarflab, erining notoʻgʻri yoʻldan ketayotganini tushuntirishi, unga vaʼz-u nasihat qilishi, barcha chora-tadbirlarni qoʻllaganda ham erining tuzalishiga ishonch yoʻq boʻlgach, undan koʻngil uzishi, qutulish yoʻlini qidirishi kerak[1][7].

Har kim uch narsani sevsa, shayton uni tez yoʻldan ozdirar: yaxshi yemoqni, yaxshi kiymoqni, ayollar bilan oʻltirmoqni[8].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Malik 2019, s. 105.
  3. Tursun 2006, s. 178.
  4. Tursun 2006, s. 165.
  5. Tursun 2006, s. 180.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Lev Tolstoyning „Anna Karenina“ romanidan iqtiboslar“. jadid.uz (4-fevral 2025-yil). Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 181.
  8. Tursun 2006, s. 43.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5. 

Havolalar

[tahrirlash]