Kontent qismiga oʻtish

Ayol

Vikiiqtibosdan olingan
(Ayollardan yoʻnaltirildi)
Ayol

Qardosh loyihalar

Ayol – balogʻatga yetgan xotin-qiz jinsidagi inson, odam bolasini dunyoga keltiruvchi ikki jinsdan biri (umuman erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs, xotin).

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Aqlli ayol erining kamchiliklariga bir koʻzini yopar va ikkinchi koʻzi bilan unga qarab yashar

  Arab hikmati[1]
  •  

Ayol bilan tanishi uchun bir necha daqiqa yetarli, uni yaxshi bilish uchun esa yillar kerak[2]. [„Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asari, „Uchinchi gurung: Doka roʻmol qachon quriydi?“ boʻlimidan]

  Tohir Malik
  •  

Ayol kishiga eng haqqi koʻp kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi koʻp kishi — onasidir[3].

  Abu Lays Samarqandiy
  •  

Ayol koʻp narsani talab qilmaydi: faqat uning eri har qanday ayol oldida kuchli boʻlsa-da, oʻz ayolining oldida zaif boʻlishi kerak

  Arab hikmati[1]
  •  

Ayol zoti shunday mavjudotki, uni qanchalik oʻrganmang, butkul yangicha koʻrinish olaveradi[4]. ["Anna Karenina" asaridan]

  Lev Tolstoy
  •  

Ayollar inson faoliyatidagi asosiy toʻsiqdir[4]. [„Anna Karenina“ asaridan]

  Lev Tolstoy
  •  

Ayolni sevish qiyin. Sevgiga hech qanday toʻsqinliksiz, qulay tarzda erishishning faqat bitta yoʻli bor — bu nikoh[4]. [„Anna Karenina“ asaridan]

  Lev Tolstoy
  •  

Ayollar har tarafga aylanadigan vintlardir[4]. [„Anna Karenina“ asaridan]

  Lev Tolstoy
  •  

Badxulq va bemaʼni erga uchragan ayolning asosiy vazifasi shundan iboratki, u bor kuchini sarflab, erining notoʻgʻri yoʻldan ketayotganini tushuntirishi, unga vaʼz-u nasihat qilishi, barcha chora-tadbirlarni qoʻllaganda ham erining tuzalishiga ishonch yoʻq boʻlgach, undan koʻngil uzishi, qutulish yoʻlini qidirishi kerak[1][5].

  Olimat ul-Banot
  •  

Har kim uch narsani sevsa, shayton uni tez yoʻldan ozdirar: yaxshi yemoqni, yaxshi kiymoqni, ayollar bilan oʻltirmoqni[6].

  Uvays Qaraniy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Malik 2019, s. 105.
  3. Tursun 2006, s. 165.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Lev Tolstoyning „Anna Karenina“ romanidan iqtiboslar“. jadid.uz (4-fevral 2025-yil). Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 181.
  6. Tursun 2006, s. 43.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5. 

Havolalar

[tahrirlash]