Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Qurbonov (davlat arbobi)

Vikiiqtibosdan olingan
Bahodir Qurbonov

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1969
Zomin tumani
Qardosh loyihalar

Bahodir Nizomovich Qurbonov (Баҳодир Низомович Қурбонов, 1969-yil 29-iyul, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi) – oʻzbek harbiy va davlat arbobi, general-polkovnik. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri. 2024-yildan buyon Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi[1].

2020-yil 15-avgustdan Oʻzbekiston aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi (MMA) raisi[2].

2025-yil 22-fevraldan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi[3].

Iqtiboslari

[tahrirlash]

2025-yil

[tahrirlash]

22-fevral

[tahrirlash]

Delegatlarga mening nomzodimni OʻFA prezidentligiga loyiq koʻrganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchaga maʼlumki, futbol Oʻzbekistonda ommaviy va eng sevimli sport turi hisoblanadi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan koʻplab muhim hujjatlar imzolandi. Bu esa oʻz navbatida soʻnggi yillarda futbolimizda katta oʻsishga turtki berdi. FIFA va OFK bilan hamkorlikda futbolimiz infratuzilmasini yaxshilash, futbol bilan shugʻullanish uchun qulayliklar yaratish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarimiz xalqaro maydonda yorqin gʻalabalar qayd etishmoqda. Oʻtgan yili futbolimiz tarixida birinchi marotaba U-23 terma jamoamiz yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi, U-20 terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topildi. Oʻsmirlar terma jamoamiz Jahon chempionatida kuchli sakkizlikdan joy oldi. Bugungi kunda Oʻzbekiston eng nufuzli futbol turnirlari mezboni sifatida etirof etilmoqda. FIFA Prezidenti Janni Infantino 2024-yil Oʻzbekiston mezbonlik qilgan Jahon chempionatini tarixdagi eng zoʻri sifatida baholadi. Oʻz navbatida mening yangi lavozimdagi vazifam mana shu rivojlanishni davom ettirgan holda yanada katta natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdan iborat. Umid qilamanki, futbol sohasida faoliyat yuritayotgan har bir inson davlatimiz rahbarining berayotgan ishonchini oqlash, muxlislar kutayotgan natijalarni qayd etish uchun oʻz vazifalariga masʼuliyat bilan yondoshishadi. Hurmatli kongress ishtirokchilari, men prezident sifatida bugundan aytamanki, har birlaringizning bilim, ilmlaringizga, yordamlaringizga muhtojman. Oʻylaymanki, biz birgalikda bu masʼuliyatli vazifani amalga oshiramiz. Oldimizda katta maqsadlar turibdi. Milliy terma jamoamiz yaqin vaqt ichida Jahon chempionati saralash bosqichining hal qiluvchi bahslarida ishtirok etadi. Mundialda qatnashish xalqimizning azaliy orzusi hisoblanadi. Muxlislarning ishonchini qozonish, stadionlarni ishqibozlar bilan toʻldirish, futbolda halollik, shaffoflikni taminlash borasida katta vazifalar turibdi. Oʻylaymanki, futbol mutaxassislari, jurnalistlar birgalikda va hamjihatlikda ishlab maqsadimizga yetamiz. Birinchi qadamlarimiz futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz. Raqamlashtirish – shaffoflik, yosh futbolchilarni tarbiyalash, ilmiy nuqtai nazaridan kuzatish imkonini beradi. Yana bir bor kongress ishtirokchilariga rahmat aytaman va ishonchlaringni oqlash uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman[4].

Manbalar

[tahrirlash]