| Bahs |

|
| Qardosh loyihalar |
|---|
|
Bahs (arabcha: بَحْث — muhokama; tadqiqot, mubohasa), tortishuv — biror narsa, holat yoki masalani yoqlash maqsadida oʻtadigan munozara, tortishuv.
|
Aqllilar bilan bahslashib tortishmoq — aqlsizlar bilan birgalashib shirin taom yemakdan ming chandon yaxshiroq va foydaliroq.
|
|
|
— Fuzayl ibn Iyoz |
|
Bahslashaman deb yuzlarcha fuqaroni yoʻldan ozdirgan kimsa birgina kishini haqiqat yoʻliga boshlagan odamdan yuz karra tubandir.
|
|
|
— Abay Qoʻnonboyev |
|
Joʻrttaga oʻz soʻzida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biror foyda yetkazmaydi.
|
|
|
— Abu Rayhon Beruniy |
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.