Kontent qismiga oʻtish

Baxillik

Vikiiqtibosdan olingan
(Baxildan yoʻnaltirildi)
Baxillik

Qardosh loyihalar

Baxillik — axloq tushunchasi. Biron shaxsning oʻsishini, darajasi, obroʻ-eʼtibori oshishini, yutugʻi, isteʼdodi va boshqalarni ich-ichidan koʻra olmaslik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Ahmoqqa nazar koʻzni kuydiradi; baxilga nazar qalbni toshga aylantiradi[1].

  Bishr Hofiy
  •  

Baxilga mehmon boʻlgan kishi hech qachon qorin ogʻrigʻiga uchramaydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Baxillik bir tikan, agar u kimga botsa oʻldirmay qoʻymaydi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Baxil kishi oʻz mol-mulkining qorovuli va oʻzgalarga qoldiradigan merosning xazinachisidir[4].

  Muhammad Zehniy
  •  

Baxilning yuziga koʻp qarasang, bagʻritosh boʻlasan[5].

  Muhammad Siddiq Rushdiy
  •  

Baxilning oʻz dardi oʻziga yetadi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Baxil odamga hamma odam yomon boʻlib koʻrinadi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Baxil odam yoʻldosh boʻlmaydi, bordi-yu, yoʻldosh boʻlib qolsa, qorin shishib oʻladi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Baxil uchun dunyoda rohat yoʻq.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Baxil yaxshilikni yomon koʻradi, yomonlikka esa qarsak uradi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Ey aziz farzand! Baxillik va hasad illatiga dilingda aslo joy bermaganki, hasad davlating uyini vayron qilsa, baxillik izzat chamanini payhon qiladi:
Kimki hasad oʻtin yoqsa jahonda,
Bu oʻt uning oʻzin quymas omonda![6]

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Har qanday odamning qalbida saxiyga muhabbat, baxilga nafrat bor[4].

  Yahyo ibn Muoz
  •  

Har qanday olovni soʻndirish mumkin, ammo baxillik olovini soʻndirib boʻlmaydi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Kishi qanchalik badavlat boʻlmasin, u xasis va baxil boʻlsa, el ichida obroʻsiz va qadrsiz boʻladi[4].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Oʻgʻilginam, totimagil baxil nonidan,
Uzoq boʻl, baxilning dasturxonidan[7].

  Farididdin Attor

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 104.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 158.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 157.
  4. 4,0 4,1 4,2 Tursun 2006, s. 96.
  5. Tursun 2006, s. 99.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 163.
  7. Tursun 2006, s. 97.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.