Baxtsizlik, bebaxtlik, badbaxtlik — baxti kulmaganlik yoki baxtga erishmaganlik. Koʻngilsiz, noxush holat va uning sababchisi boʻlgan voqea yoki hodisa.
Badbaxtlik nishonasi besh narsadir: biri – koʻngil qattiqligi, ikkinchisi – koʻz yoshlanmasligi, uchinchisi – hayosizlik, toʻrtinchisi – dunyoni sevmoqlik, beshinchisi – dunyo uchun jondan andisha aylamoqlikdir[1].
Badbaxtning nishonasi besh narsadir: koʻngli qattiq boʻlmoq, koʻzi yoshsiz boʻlmoq, besharm va behayo boʻlmoq, dunyoga moyil boʻlmoq, umidsiz boʻlmoq[3].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.