Kontent qismiga oʻtish

Baxtsizlik

Vikiiqtibosdan olingan
(Bebaxtlikdan yoʻnaltirildi)
Baxtsizlik
Qardosh loyihalar

Baxtsizlik, bebaxtlik, badbaxtlikbaxti kulmaganlik yoki baxtga erishmaganlik. Koʻngilsiz, noxush holat va uning sababchisi boʻlgan voqea yoki hodisa.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Badbaxtlik nishonasi besh narsadir: biri – koʻngil qattiqligi, ikkinchisi – koʻz yoshlanmasligi, uchinchisi – hayosizlik, toʻrtinchisi – dunyoni sevmoqlik, beshinchisi – dunyo uchun jondan andisha aylamoqlikdir[1].

Badbaxtlik toʻrttadir: koʻzning quruqligi, qalbning qattiqligi, orzu-havasning uzunligi, dunyoga hirs qoʻyish[2].

Badbaxtning nishonasi besh narsadir: koʻngli qattiq boʻlmoq, koʻzi yoshsiz boʻlmoq, besharm va behayo boʻlmoq, dunyoga moyil boʻlmoq, umidsiz boʻlmoq[3].

Hech kimni xush koʻrmaydigan kishi hech kimga yoqmaydigan kishidan koʻra ancha baxtsizroqdir[4].

Qaysidir bir odamning muayyan baxtsizligiga sherik boʻla olgan kishigina koʻpchilik gʻamini ham his qila oladi[5].

Shaqovat (bebaxtlik) nishonasi shuldirki, banda gunoh qiladi, ammo Allohdan yaxshilik yetsa edi, deb umid qiladi[6].

Yana qarang

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 43.
  2. Tursun 2006, s. 77.
  3. Tursun 2006, s. 160.
  4. Voronsov 1989, s. 39.
  5. Voronsov 1989, s. 43.
  6. Tursun 2006, s. 53.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.