Bishri Hofiy
Qiyofa
(Bishr Hofiydan yoʻnaltirildi)
| Bishri Hofiy | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
769 va 767 Marv |
| Vafoti |
28-dekabr 841 va 841 Bagʻdod |
| Qardosh loyihalar | |
Bishri Hofiy Bishr bin Horis bin Abdurahmon bin Ato (767-yil, Marv – 835-yil, Bagʻdod) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Agar insonlar Allohning ulugʻligi haqida fikrlagan boʻlsaydilar, Unga isyon qilmasdilar[1][2].
- Ahmoqqa nazar koʻzni kuydiradi; baxilga nazar qalbni toshga aylantiradi[3].
- Allohning irodasiga itoat eta olmaganingga yarasha osiylik qilma![4]
- Insonlar Allohning azamati haqida fikr yuritganlarida Unga osiylik qilmasdirlar[1][5].
- Kim Allohdan dunyolik istasa, u hisob-kitob kuni Allohning huzurida koʻproq turishni xohlaydi, deganidir (yaʼni, boyligini kerakli joyga ishlatmasa, uzundan-uzoq hisob berishga majbur boʻladi)[1][6].
- Menda shunday illat borki, ruhiyatimni muolaja qilmagunimcha boshqalar uchun koʻngil uyimni boʻshata olmayman[7].
- Odamlar boshiga shunday zamon keladiki, unda dono kishining koʻzi quvonmaydi. Yana shunday zamonlar keladiki, qoplab mol-dunyo tentaklar qoʻliga oʻtib ketadi[8].
- Qirq yildan buyon koʻnglim qovurilgan goʻshtni istaydi, lekin bir dirham ham pulim yoʻq[9].
- Sabr goʻzaldir, u insonlar shikoyat qila olmaydigan yagona narsadir[10].
- Saxiy shovvoz mening nazdimda pastkash qoridan afzaldir[3].
- Oʻlimdan qoʻrqqanning koʻnglida shak bordir. Moʻmin kishi oʻlimdan qoʻrqmagay. Chunki oʻlim Haq taologa yetishtiruvchidirki, moʻmin undan qochmasligi lozim[1][11].
- Oʻzing va shahvatlaring oʻrtasiga temir devor qurmas ekansan, ibodatdan halovat topa olmaysan[12].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 66.
- ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 104.
- ↑ Tursun 2006, s. 55.
- ↑ Tursun 2006, s. 60.
- ↑ Tursun 2006, s. 76.
- ↑ Tursun 2006, s. 38.
- ↑ Tursun 2006, s. 67.
- ↑ Tursun 2006, s. 93.
- ↑ Tursun 2006, s. 140.
- ↑ Tursun 2006, s. 116.
- ↑ Tursun 2006, s. 94.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.