Kontent qismiga oʻtish

Bistomiy

Vikiiqtibosdan olingan
Bistomiy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 804
Bastam
Vafoti 848
Bastam District
Qardosh loyihalar

Bistomiy, Boyazid Tayfur binni Iso Bistomiy (?— Bistom shahri (Eron)— 875) – Eron tasavvuf oqimining asoschilaridan biri.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Allohning avliyo bandalarini sev, ularning koʻnglini olishga urin! Chunki Alloh taolo gar kuni u oriflarning qalbiga uch yuz oltmish marta nazar soladi. Bu nazarlar davomida Alloh seni ham u yerda koʻrsin[2].
  • Bir kecha mehrobda oʻtirgan joyimda oyoqlarimni choʻzdim. Shunda nomaʼlum tovush qulogʻimga shivirladi: „Podshohlar bilan hamsuhbat odam husni odobli boʻlmogʻi zarur“[3].
  • Eng yaxshi kishining ikki qoʻli ham toʻgʻri boʻladi, u bir qoʻli bilangina emas, ikki qoʻli bilan yaxshilik qiladi[4].
  • Gina-adovatdan uzoq boʻl, kuching yetmaydigan ishga kirishma. Soʻz yurituvchi, chaqimchilarning soʻzlariga ishonma. Chunki ular fitna-fasod yoʻlini izlab yuruvchi yaramas odamlardir[5].
  • Har gal „La ilaha illalloh“ kalimasini zikr etishdan oldin ogʻzimni yetmish marta mushku gulob kabi xushboʻy narsalar bilan yuvaman[8].
  • Har kishi Xudoni bilsa, Xudoning yodidan oʻzgaga ogʻzi ochilmas[9].
  • Himmat ahlining kufri minnat ahlining iymonidan salomatroqdir[10].
  • Nafs shunday sifatki, botildan boʻlakka yurmas va solih amallar tarafiga hargiz mayl qilmas[9].
  • Oqil va donolar bilan suhbatdosh boʻling. Ilmingiz har qancha koʻp boʻlsa ham, oʻzingizni ilmsiz hisoblab, yana ilm oʻrganishga kirishing[12].
  • Tiriklik – ilm bilan boʻlur, rohat – maʼrifatda boʻlur va lazzat – Xudoning zikrida boʻlur[14].
  • Oʻttiz yil ilm oldim. Ilmdan yuksakroq narsa topmadim. Agar olimlarning ixtilofi boʻlmaganda bu maydonda qolar edim[15].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 32.
  2. Tursun 2006, s. 30.
  3. Tursun 2006, s. 56.
  4. Tursun 2006, s. 131.
  5. Tursun 2006, s. 187.
  6. Tursun 2006, s. 87.
  7. Tursun 2006, s. 84.
  8. Tursun 2006, s. 31.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 52.
  10. Tursun 2006, s. 38.
  11. Tursun 2006, s. 156.
  12. Tursun 2006, s. 20.
  13. Tursun 2006, s. 53.
  14. Tursun 2006, s. 11.
  15. Tursun 2006, s. 21.
  16. Tursun 2006, s. 89.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.