Blaise Pascal
Qiyofa
| Blaise Pascal | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
19-iyun 1623 birth house of Blaise Pascal |
| Vafoti |
19-avgust 1662 Parij |
| Qardosh loyihalar | |
Blaise Pascal (talaffuzi: Blez Paskal; 19-iyun 1623 – 19-avgust 1662) fransuz matematigi, fizigi, ixtirochisi, adibi va faylasufi boʻlgan. „Konus kesimlar nazariyasining tajribasi“ nomli asarida (1639) proyektiv geometriyaning asosiy teoremalaridan biri – Paskal teoremasini isbotlagan (qarang: Ikkilik prinsipi), 1641-yil jamlash mashinasini qurgan. Arifmetika, sonlar nazariyasi, algebra, ehtimollar nazariyasi, proyektiv geometriya va boshqa sohalarga oid ishlari muhim.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Insonning maʼnaviy qiyofasi haqida hukm chiqarganda uning ayrim jonbozliklarini emas, kundalik hayotini hisobga olish darkor[1].
- Inson qanchalik dono va saxovatli boʻlsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik koʻproq payqaydi[2].
- Kishi agar faqat oʻz-oʻzi bilan yashashga majbur boʻlsa va faqat oʻzi haqida oʻylasa, u behad azob chekishi muqarrar[3].
- Kishi olijanobligi haqida uning ahyondagi gʻayratiga qarab emas, balki kundalik ishlariga qarab baho berilishi kerak[4].
- Kishi qanchalik dono boʻlsa, u shunchalik yangi-yangi odamlarni topadi. Oʻrtamiyona shaxslar koʻpchilik orasida u qadar sezilmaydi[5].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, s. 29.
- ↑ Voronsov 1989, s. 42.
- ↑ Voronsov 1989, s. 31.
- ↑ Voronsov 1989, s. 37.
- ↑ Voronsov 1989, s. 38.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.