Boris Nemtsov
Qiyofa
Boris Yefimovich Nemtsov (9-oktyabr 1959-yil – 27-fevral 2015-yil) – rossiyalik fizik, siyosiy arbob va liberal muxolifatchi. U 1991–1997-yillarda Nijniy Novgorod viloyati gubernatori, 1997–1998-yillarda esa Rossiya Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 1990-yillardagi Rossiyaning liberal iqtisodiy va siyosiy islohotlari ramzlaridan biri hamda Boris Yeltsinning yaqin ittifoqchisi boʻlgan Nemtsov keyinchalik Vladimir Putinning eng taniqli tanqidchilaridan biriga aylandi. U Rossiyada kuchayib borayotgan avtoritarizm va korrupsiyani fosh etib kelgan. Nemtsov 2015-yilda Moskvadagi Kreml yaqinidagi koʻprikda suiqasd natijasida oʻldirilgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Hokimiyatdagi odamlar menga deraza va eshiklari yopiq xonada qolib ketgan odamlarni eslatadi. U yerda juda koʻp mikroblar uchib yuradi. Ertami-kechmi hokimiyatdagi insonlar buziladi, chunki vaqt oʻtishi bilan ularning immuniteti yoʻqoladi va oxir-oqibat nimadir yuqtirib oladi. Saylovlar va mustaqil matbuot esa oʻsha derazalarni ochib, „hokimiyat yoʻlaklari“ni shamollatishdan boshqa narsa emas.
- Nijniy Novgorod mahalliy hokimiyati jurnaliga bergan intervyusidan (1995-yil yanvar).
- Men Rossiyada yashashni rejalashtiryapman, shuning uchun bu yerda nima sodir boʻlayotgani meni qiziqtiradi.
- Kommersant gazetasiga bergan intervyusidan (1997-yil 18-fevral).
