Kontent qismiga oʻtish

Botirlik

Vikiiqtibosdan olingan
Botirlik
Qardosh loyihalar

Botirlik — dovyurak kishilarga xos ish, mardonavor xatti-harakat; jasorat; jasurlik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Azizim, botir deb shunday kishiga aytiladiki, u oʻz elining tinchligi uchun har qanday mashaqqat qadahini qabul qilib, shodu xurramlik bilan noʻsh etadi. Mardi maydon deb shunday kishiga aytiladiki, bunday kishining aqli biror ishni qilishga qaror topsa, jonidan kechib, hayotidan qul yuvib, maqsad maydoniga qadam qoʻyadi.
Bayt:
Jondan kechib maydon sari surgan ot,
Baxtu-iqboliga boʻlarsan muyassar![1]

Bir kuni bir hakimdan: „Botirlik yaxshimi yoki aql-u tadbirmi?“ deb soʻradilar. U esa: „Botirlik tigʻ boʻlsa, aql-u tadbir quldir. Agar ularga ish qilish topshiriladigan boʻlsa, qul tigʻsiz ham uni amalga oshira oladi, ammo tigʻ qulsiz biror ishni amalga oshira olishi muammo!“ deb javob berdi.
Qitʼa:
Aql-u tadbirsiz kishi quldan berar mol-mulkka,
Aql-u tadbirga suyan boyligim tursin desang![2].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 78.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 80.

Adabiyotlar

[tahrirlash]