Boylik
| Boylik | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Boylik — boy boʻlishlik, boy mavqei; mol-mulkning yigʻindisi, majmui; moʻllik.
B
[tahrirlash]Boy boʻlishni istasang — qanoatli boʻl.
Boylikdan kerilmoq — aqldan nari,
Chunki u oʻtkinchi bulut singari[5].
Boylik ehson qilinsa – izzat, berkitilsa – xorlik keltiradi[3].
Boylikka intilgan tezda kambagʻallashadi.
Boylikka hirs qoʻyish — joduning sirtmogʻiga tushib qolish bilan barobar[6].
Boyning bir koʻzi kambagʻalda boʻlishi kerak. Bir qoʻlini kambagʻalga berishi lozim. Kambagʻaldan yuz oʻgirgan boyning koʻzlari xoin koʻzdir[10].
E
[tahrirlash]Eng katta boylik Alloh taolodan umid qilish va insonlardan hech narsa kutmaslik[4].
H
[tahrirlash]Halol mehnat bilan topilgan va xayrli ishlarga sarflangan boylikdan koʻra yaxshiroq boylik yoʻq!
I
[tahrirlash]K
[tahrirlash]Kambagʻallar ham, boylar ham uchta narsani ixtiyor etishgan. Kambagʻallarning ixtiyor qilgan narsalari — nafsning rohati, qalbing yumshoq, hisobning yengil boʻlishi. Boylarning ixtiyori — nafsning charchashi, qalbning mashgʻulligi va qattiq hisob[1].
Kambagʻallik – dunyoda ofat, oxiratda rohatdir. Boylik – dunyoda rohat, oxiratda ofatdir[14].
Keragidan ortiqcha qidirgan odam boridan ham ayriladi.
Kim boyni ikrom qilib, kambagʻalni xorlasa, laʼnatlangandir[8].
M
[tahrirlash]Mol-dunyo tugaydi, ammo yaxshi ishlar abadiy qoladi.
O
[tahrirlash]Odamzot uch narsaga afsuslanib bu dunyodan koʻchadi: toʻplagan moli va boyligi bilan toʻymaydi, orzulariga erisholmaydi, oxirat hayoti uchun hozirligini qilolmaydi[7].
Och boydan toʻq it yaxshi.
R
[tahrirlash]Rohati yoʻq puldor hech narsasiz kambagʻalga oʻxshaydi.
Toʻrt narsani toʻrt narsadan talab qildik va bu yoʻlda xato etdik: boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan; rohatni koʻplikdan izladik, ozlikda ekan; neʼmatni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, yaʼni Alloh yopgan ayblarda va Islomda ekan[20].
V
[tahrirlash]Y
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 90.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 199.
- ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 104.
- ↑ 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 82.
- ↑ Tursun 2006, s. 151.
- ↑ Tursun 2006, s. 69.
- ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 77.
- ↑ 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 89.
- ↑ Tursun 2006, s. 88.
- ↑ Tursun 2006, s. 93.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 219.
- ↑ Tursun 2006, s. 8.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 22.
- ↑ Tursun 2006, s. 73.
- ↑ Tursun 2006, s. 107.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
- ↑ Tursun 2006, s. 102.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 201.
- ↑ Tursun 2006, s. 83.
- ↑ Tursun 2006, s. 91.
- ↑ Voronsov 1989, s. 28.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.