Azizim, ulugʻlikning sababi aql va odobdir. Kimki sof aql va komil farosatga ega boʻlsa, pastlik darajasidan ulugʻlik martabasiga erishishi mumkin. Bayt: Kimda oʻtkir aqlu farosat bordir, Gʻalaba bayrogʻini tikar osmonga![3]
Ulugʻlikka erishmoq gʻoyatda qiyin, ammo xorlik va zabunlikka tushib qolish juda oson. Odamlarning aybini qidirib yurgan kishi ulugʻlik darajasiga erisholmaydi![6]
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.