Kontent qismiga oʻtish

Buyuk didaktika

Vikiiqtibosdan olingan
Buyuk didaktika

Qardosh loyihalar

Buyuk didaktika (lotincha: „Didactica Magna“; toʻliq nomi: „Didactica Magna, Universale Omnes Omnia Docendi Artificium Exhibens“) — chex faylasufi, pedagog va ilohiyotchi Yan Amos Komenskiy tomonidan 1627–1638-yillar oralig‘ida yozilgan asar. Ilk marotaba 1657-yilda nashr etilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • ...yomon tarbiya olgan kishini qayta tarbiyalashdan koʻra qiyinroq narsa yoʻq[1].
  • Xohish berganing oʻzi, uni bajarishga ham koʻmaklashadi[2].

2-bob. Insonning soʻnggi maqsadi narigi dunyodir.

[tahrirlash]
  • Aql-idrok amr qiladiki, inson shunchalik buyuk mavjudot ekan, boshqa jonivorlarga qaraganda uning maqsadi ham yuksak boʻlishi lozim[3].

3-bob. Bu dunyoda yashash abadiy hayot uchun quriladigan tayyorgarlikdir, xolos.

[tahrirlash]
  • Ona qornida barcha organlari yaxshi shakllanib tugʻilgan kishi baxtlidir, bu dunyodan pok va barkamol imon bilan ketayotgan kishi ming karra baxtliroqdir[4].

4-bob. Adabiy hayotga koʻriladigan tayyorgarlik uch bosqichdan iborat: oʻzini va tevarak-atrofdagi olamni bilish, oʻz-oʻzini boshqarish va xudoni tanish.

[tahrirlash]
  • Odam boʻlaman deb, muhim hislatlarga eʼtibor bermay, zeb-ziynatlarga berilib ketgan kishi eng tuban hisoblanadi[5].

5-bob. Ilm, fazilat va taqvodorlikni egallash imkoniyatlarini bizga tabiatning oʻzi inʼom etgan.

[tahrirlash]
  • ...biror fazilatni oʻylab chiqarib uni insonga zoʻrma-zoʻraki yopishtirishning hech zaruriyati yoʻq, balki insonda mavjud boʻlgan hislatlarni aniqlamoq va oʻstirmoq, ularning ahamiyatini koʻrsatmoq lozim[6].
  • Shuni hech qachon unutmaslik kerakki, koʻz doimo koʻrishni, quloq eshitishni, terilar esa sezishni, aql esa bilishni qumsab turadi, tirik odam uchun qimirlamaslik va bekorchilikdan koʻra qiyinroq narsa yoʻq[7].

6-bob. Inson boʻlish uchun kishi bilim olishi zarur.

[tahrirlash]
  • Boy kishilar donishmand boʻlmasa, kepak yeb qorni toʻygan choʻchqadan farq qilmaydi, shuningdek, kambagʻalning aqli boʻlmasa, u ogʻir yuklarni tashiydigan eshakdan nima bilan farq qiladi?[8]
  • Axir, ongli mavjudotni qoʻrqitish, qamash, kaltaklash yoʻli bilan emas, balki aql bilan boʻysundirish kerak[8].
  • Inson boʻlib tugʻilganlarning hammasi hech shubhasiz, odam boʻlishi uchun va aksincha yovvoyi hayvon, vahshiy maxluq, tepsa-tebranmas ahmoq boʻlib qolmasligi uchun bilim olishi zarur[8].

7-bob. Insonga ilm berishni bolalik chogʻidan boshlamoq kerak. Oʻqitish, faqat yoshlik yillaridagina samarali boʻladi.

[tahrirlash]
  • ...inson oʻqish uchun yashamaydi, balki hayot kechirish uchun oʻqiydi[9].
  • Insonning olamni bilish qobiliyatini yoshlikdan oʻstirmoq lozim, chunki u umr boʻyi koʻp narsalarni bilib olishi, sinab koʻrishi va bajarishi zarur[10].
  • Hamma mavjudotlar yoshlikda egiluvchan boʻlib, ularni istagan shaklga kiritish mumkin: oʻsib ulgʻaygach ularni oʻzgartirish qiyin boʻladi[10].
  • Faqat yoshlik davrida oʻrganib olingan narsagina uzoq va mustahkam esda saqlanadi[11].

8-bob. Oʻspirinlar birga oʻqishlari kerak, buning uchun esa maktablar zarur.

[tahrirlash]
  • Nega endi ustaxonalar — kasb-hunarni, ibodatxonalar — taqvodorlikni, sud qiladigan joylar — adolatni himoya qilishni oʻrgatgani singari maktablar donishmandlik nurlarini yaratib, uni sof saqlab kishilik jamiyati orasiga tarqatishi mumkin emas?[12]

9-bob. Oʻgʻil va qiz bolalarni hammasi oʻqishga jalb etilishi kerak.

[tahrirlash]
  • Onadan tugʻilganlarning hammasi muhim bir maqsad bilan dunyoga keladi: odam boʻlish, yaʼni aql-idrokli, hamma mavjudotning sarvari boʻlish, yaratganning obrazi namunasini aniq mujassamlashtirishdan iborat[12]
  • Tugʻilishdan zehni past, anqovroq boʻlgan bolalarga koʻproq eʼtibor berib, imkoni boricha ularning fahm-farosati va aqlini oʻstirish zarur[13].
  • Teshik idishda suv turmasa ham, uni tez-tez yuvib turilsa, dogʻi ketib toza boʻladi, shunga oʻxshash, zehni past, anqov bolalar oʻqitilsa, hech olim boʻlmasa ham ham, har holda, xarakterlari oʻzgaradi, davlat boshliqlari va cherkov ahllariga itoat qiladigan boʻladi[13].
  • Birovlarning aqli tez oʻsadi, lekin tez boʻshashib ham qoladi, koʻp oʻtmay zehni ham ancha pasayadi, boshqa birovlar esa, aksincha, yoshlikda zehni past boʻlib, soʻngra fikri ochiladi, aqli tez oʻsib rivojlanadi[14].
  • Nega endi ilm bogʻiga faqat isteʼdodli, tez yetishadigan va harakatchan bolalarnigina qoʻymoqchi boʻlamiz? Keling, (xudoy-taollo aqldan mahrum etganlardan tashqari) hech kimni taʼlim va tarbiyadan chetda qoldirmaylik[14].

11-bob. Oʻz vazifasini toʻla bajarayotgan maktablar hanuzgacha yoʻq edi.

[tahrirlash]
  • Odamgarchilikni oʻrgatuvchi haqiqiy ustaxona boʻla oladigan maktabgina men oʻz vazifasini toʻliq bajara oladi deb hisoblayman[15].
  • Bolalarga faqat ilm oʻrgatish bilangina cheklanib, ularga yashashni (hayotni) oʻrgatishni esdan ham chiqarib qoʻyganmiz, bu, albatta, ota-bobolarimizdan qolib kelayotgan kasallik[16].
  • Birgina yoʻl qoladi, imkoni bori ham faqat shu: farzandlarimiz toʻgʻrisida qoʻlimizdan kelganicha gʻamxoʻrlik qilishimiz lozim, xususan, ustozlarimiz bizni xato yoʻldan boshlaganini anglab, shu xatoni takrorlamaslik yoʻlini koʻrsatishi kerak[17].

12-bob. Maktablarni tubdan oʻzgartirib, yaxshilash mumkin.

[tahrirlash]
  • Yana shuni aytish lozim, oyogʻi bor har bir odam yurib chiqa olmaydigan shunchalik baland qoya yoki minora dunyoda yoʻq, faqat narvon (shoti) toʻgʻri qoʻyilsa yoki qoyani oʻyib yasangan zina tartibli va toʻgʻri joylashtirilgan boʻlsa, pastga qulab tushmaydigan qilib toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlsa boʻlgani[18].

13-bob. Hamma sohada aniq tartib oʻrnatish maktablarni tubdan oʻzgartirishning asosidir.

[tahrirlash]
  • Oʻqitish sanʼati vaqti, fanlarni va metodni mohirona taqsimlashdan boshqa hech narsani talab etmaydi[19].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Komenskiy 1975, s. 43.
  2. Komenskiy 1975, s. 50.
  3. Komenskiy 1975, s. 54.
  4. Komenskiy 1975, s. 60.
  5. Komenskiy 1975, s. 63.
  6. Komenskiy 1975, s. 65.
  7. Komenskiy 1975, s. 66.
  8. 8,0 8,1 8,2 Komenskiy 1975, s. 77.
  9. Komenskiy 1975, s. 78.
  10. 10,0 10,1 Komenskiy 1975, s. 79.
  11. Komenskiy 1975, s. 80.
  12. 12,0 12,1 Komenskiy 1975, s. 84.
  13. 13,0 13,1 Komenskiy 1975, s. 85.
  14. 14,0 14,1 Komenskiy 1975, s. 86.
  15. Komenskiy 1975, s. 92.
  16. Komenskiy 1975, s. 94.
  17. Komenskiy 1975, s. 96.
  18. Komenskiy 1975, s. 101.
  19. Komenskiy 1975, s. 109.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Komenskiy, Yan Amos. Buyuk didaktika (PDF), M.Ochilov tarjimasi, Toshkent: „Oʻqituvchi“ nashriyoti [1657], 1975.