Cerene Rathilal
| Cerene Rathilal | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Qardosh loyihalar | |
Doktor Cerene Rathilal — Janubiy Afrikalik matematik olima, oʻqituvchi va jamoat faoli. U sof matematika yoʻnalishida PhD ilmiy darajasiga ega boʻlib, KvaZulu-Natal universitetida (UKZN) katta oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning ilmiy tadqiqotlari nuqtasiz topologiyaga qaratilgan. Cerene xonim, ayniqsa ayollar va qizlar orasida matematika taʼlimini rivojlantirish va ommalashtirish ishiga alohida eʼtibor qaratadi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]Gender vakilligi nafaqat matematikada, balki har bir sohada hayotiy muhimdir. Qismlar yigʻindisi butunni tashkil etishi hammaga maʼlum haqiqat. Faraz qilaylik, biz „butunni“ jamiyat deb qaraymiz. Matematik kashfiyotlar „yigʻindisiga“ kimlar hissa qoʻshayotgan edi? Oʻtmishda bu faqat erkaklar vakilligi edi. Tasavvur qiling-a, agar oʻtmishda ayollar ham vakillikka ega boʻlganida va matematik kashfiyotlarga hissa qoʻshish uchun erkaklar bilan teng imkoniyatlarga ega boʻlganida nimalar sodir boʻlishi mumkin edi[1]. | |
Gender representation is vital - not just in mathematics but in every discipline. It is common knowledge that the sum of the parts equals the whole. Suppose we view the whole as our society. Who was contributing to the sum of the parts in mathematical discoveries? In the past, it was male representation. Imagine what could have happened if we had female representation in the past and if females had equal opportunities to contribute to mathematical discoveries. |
Men matematikaga boʻlgan muhabbatim, ushbu fanning koʻplab tatbiqlari va uning inkor etib boʻlmas goʻzalligi bilan oʻrtoqlashgan holda, matematika „ogʻir“ yoki qiyin degan tushunchani yoʻq qila olaman deb umid qilaman[2]. | |
I hope that I am able to dispel the idea that mathematics is “hard” or difficult, by sharing my love and the numerous applications of the subject and its undeniable beauty. |
Everyone deserves the right to learn. |
Matematika sohasida ayol namunalar (role models) yetishmasligi mening eng dastlabki qiyinchiliklarimdan biri boʻlgan va bu koʻpincha oʻz sohamda yolgʻizlanish hissi bilan kurashishimni anglatardi[4]. | |
The lack of female role models in mathematics was one of my earliest challenges, and it often meant battling feelings of isolation in my field. |
Ustozlik (mentorship) orqali bu yosh ayollar nafaqat akademik jihatdan muvaffaqiyatga erishdilar, balki oʻz orzulariga intilish uchun ishonch va ilhomga ham ega boʻldilar[5]. | |
Through mentorship, these young women not only excelled academically but also gained confidence and inspiration to pursue their dreams. |
Ushbu tashabbus men uchun juda muhim, chunki u hal qilmoqchi boʻlgan qiyinchiliklarni oʻz hayotimda boshdan kechirganman. Matematika sohasidagi yosh ayol sifatida, men koʻpincha darslarimda yagona ayol edim va murojaat qilishga namunali ustozlarim deyarli yoʻq edi. Men yakkalanish, yoʻl-yoʻriqning yoʻqligi va munosib vakillikning mavjud emasligi iqtidorli qizlarni oʻzlarining STEM orzularidan qanday voz kechishga majbur qilishi mumkinligini oʻz tajribamdan bilaman[6]. | |
This initiative matters to me because I have lived the challenges it seeks to address. As a young woman in mathematics, I was often the only female in my classes, with few role models to turn to. I know first-hand how isolation, lack of guidance, and absence of representation can deter talented girls from pursuing their STEM dreams. |