Kontent qismiga oʻtish

Claire Voisin

Vikiiqtibosdan olingan
Claire Voisin

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 4-mart 1962
Saint-Leu-la-Forêt
Qardosh loyihalar

Claire Voisin (1962-yil 4-mart) — algebraik geometriya sohasidagi tadqiqotlari bilan mashhur boʻlgan fransuz matematigi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Shu maʼnoda, men erkinlik va ijodkorlik sharti sifatida shaxsiy hududga boʻlgan ehtiyoj haqida yozgan yozuvchi Virginia Woolfni („A Room of One’s Own“) katta xayrixohlik bilan eslayman. Men oʻrta maktabning oxiridagina oʻzimning shaxsiy xonamga ega boʻlganman va bu haqda menda ajoyib xotiralar qolgan[1].

 

In this respect I recall with much sympathy the writer Virginia Woolf who wrote about this need for private space (A Room of Oneʼs Own) as a condition for liberty and creativity. I had a room of my own only by the end of high school, of which I have excellent memories.

  •  

Hammasi aynan siz aytgandek emas edi. Amalda biz, 12 nafar farzand, hech qachon uyda bir vaqtning oʻzida yashamaganmiz, chunki oilamizdagi eng katta va eng kichik farzand (oxirgisi 1968-yilda tugʻilgan) orasidagi farq 22 yilni tashkil etardi. Mening opa-singillarim uydan erta ketishgan, men esa oʻninchisi edim. Ilk xotiralarimda uyda faqat besh-olti nafar farzand bor edi. Eng yomoni — shaxsiy xonamning yoʻqligi edi. Uy katta edi, lekin xonalar qanchalik keng boʻlmasin, ularning soni koʻp emasdi[2].

 

It was not exactly as you say. In practice, the 12 of us never lived at home at the same time, because the family grew up with 22 years between the eldest to the youngest (the last one was born in 1968). My elder sisters left early, and I am the tenth. In my first memories, there were only five or six siblings at home. The worst was not to have a room of my own. The house was big, but the rooms were not many, however large.

Manbalar

[tahrirlash]