Kontent qismiga oʻtish

Cynthia Breazeal

Vikiiqtibosdan olingan
Cynthia Breazeal

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 15-noyabr 1967
Alburquerque
Qardosh loyihalar

Cynthia Lynn Breazeal (1967-yil 15-noyabrda AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Albukerke shahrida tugʻilgan) — MITning Media sanʼati va fanlari boʻyicha dotsenti. U MIT Media laboratoriyasidagi Shaxsiy robotlar guruhiga rahbarlik qiladi. Breazeal ijtimoiy robototexnika va inson-robot oʻzaro munosabatlari sohasining asoschisi sifatida eʼtirof etilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

MIT qoshidagi Shaxsiy robotlar guruhida Kismet bilan amalga oshirgan koʻplab ishlarimiz bugungi kun uchun ham juda dolzarb. Bu oʻz turidagi birinchi ilmiy izlanish edi — aytish mumkinki, insonlar bilan muloqot qilishda boʻlgani kabi, qaror qabul qilishning muhim usuli sifatida his-tuygʻularni modellashtirgan birinchi robot edi... „Yulduzlar jangi“ni (Star Wars) birinchi marta koʻrganimda, R2D2 mening sadoqatli yordamchim boʻlishini xohlaganman! Disney fantaziyalariga berilgan har qanday bola kabi, uni koʻrganimda, u kelib mening uyimda yashashini istardim... Albatta, C3PO — bu ajoyib humanoid robot, lekin „Yulduzlar jangi“dagi sehr aynan shu ikki robotning birgalikdagi faoliyatida edi. Ular xuddi Lorel va Hardi kabi bir-birlarini ajoyib tarzda toʻldirib turishgan[1].

 

There are so many things that we did with Kismet at MIT, in the Personal Robots Group, that are highly relevant today. It was the first of its kind, a scientific exploration, arguably the first robot to model emotions as an important way for it to make decisions as much as it did on its interactions with humans... When I first saw Star Wars I wanted R2D2 to be my sidekick! Like any kid with a Disney fantasy, when I saw him, I wanted him to come and live in my house... Of course C3PO is the cool humanoid robot, but the magic in Star Wars was those two robots together. They played off each other in a beautiful way, almost like Laurel & Hardy.

Manbalar

[tahrirlash]