Kontent qismiga oʻtish

Cynthia Lummis

Vikiiqtibosdan olingan
Cynthia Marie Lummis Wiederspahn

Cynthia Lummis, 2013-yil
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1954-yil 10-sentyabr
Cheyenne
Qardosh loyihalar


Cynthia Marie Lummis Wiederspahn (1954-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) – amerikalik siyosatchi boʻlib, hozirda Wyoming shtatidan AQSh Senatining kichik senatoridir. Senatdagi faoliyatidan oldin u Laramie okrugidan Wyoming Vakillar palatasi aʼzosi, 5-okrugdan Wyoming senatori, Wyoming xazinachisi hamda Wyomingning umumiy kongress okrugidan AQSh Vakillar palatasi aʼzosi boʻlgan.


Iqtiboslari

[tahrirlash]
  • Shtatlar hukumat boshqaruvi jilovining yana oʻzlariga qaytarilishiga tayyor. Kongressning vazifasi – Konstitutsiyani himoya qilish hamda shtatlar va xalq manfaatini ifodalashdir. Bugun esa Vashington Konstitutsiyani boshqaruv mezoni sifatida qoʻllashdan koʻra, oʻz vakolatini kengaytirishga koʻproq qiziqmoqda. Men Konstitutsiyani unga munosib boʻlgan yetakchi hujjat maqomiga qaytarish va shtatlarga kuch berish vositasi sifatida tizimni larzaga keltirish tarafdoriman. Shuningdek, men mamlakatimizning saylangan ilk „bosh buzuvchi“si Prezident Donald Trumpni qoʻllab-quvvatlayman[1].
  • Siz amerikalik xalqqa shunchalik ishonmaysizmi, endi ularning qachon divan sotib olganini ham bilishingiz kerakmi? Yoki sigir sotib olganini?[2].
  • Bu yerda barcha amerikaliklar uchun aniq maxfiylik xavotirlari mavjud va bu Wyomingdagi hamda boshqa joylardagi mahalliy banklar va kredit uyushmalari uchun keskin yangi tartibga solish yukini anglatadi[2].
  • Men ayollar va erkaklar teng degan asosiy eʼtiqodga qoʻshilaman, shu bilan birga biologik farqlar va bu farqlar tan olinishi kerak boʻlgan holatlar mavjudligini ham inkor etmayman. Shunday boʻlsa-da, hech qachon kimnidur oʻzini chetda qolgandek yoki hurmatsizlikka uchragandek his qildirish niyatim boʻlmagan va buning uchun uzr soʻrayman. Wyoming universiteti hamjamiyati aʼzolarining bu masala boʻyicha fikrlarini eshitganimdan minnatdorman va bu muloqotni davom ettirishni kutaman[3].

Cynthia Lummis haqidagi iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bizning maʼruzachilarimizdan biri biologik jins haqida kampusdagi koʻplab insonlar norozi boʻlgan fikrlarni bildirdi. Garchi biz har kimning – talabalardan tortib saylangan amaldorlargacha – oʻz qarashini ifoda etish huquqini hurmat qilsak-da, UW barcha xilma-xil hamjamiyatlarini qoʻllab-quvvatlaydigan va nishonlaydigan muassasa ekanini qatʼiy taʼkidlaymiz; aynan shu jamoalar bizni bugungi ajoyib maskanga aylantirib turibdi[4].

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


Manbalar

[tahrirlash]