Dangasalik
Dangasalik | |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
![]() | |
![]() |
Dangasalik yoki yalqovlik, tanballik, ishyoqmaslik deb biror ish yoki faoliyatni bajarishga layoqatli va imkoni boʻla turib, oʻsha ish yoki faoliyatni bajarishga istamaslikka aytiladi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
B
[tahrirlash]Boshingni faqat oʻz tirnoqlaring bilangina qashiy olasan. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Boʻlsa tanballik kishining peshasi, | |
— Farididdin Attor |
E
[tahrirlash]Erinchoqlik va yalqovlik kishini yaxshi ishlar qilishdan qaytaradi, gʻayratni yoʻqotadi, kasb-u kor bilan shugʻullanishdan qoldiradi. Baʼzi dangasa kishilar gʻayrat qilish va harakatni kuchaytirish oʻrniga ogʻir kunga tushib qolganda qoʻlni qovushtirib, aybni taqdirga toʻnkaydilar[1]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan | |
— Qayum Nosiriy |
H
[tahrirlash]Hakimlar tayinlab aytadilarki, yalqov kishilar bilan ulfat boʻlishdan qochish zarur. Chunki ulardan maslahat soʻralsa, ular oʻzlarining yalqovlik nuqtayi nazaridan maslahat beradilar. Ular boʻladigan ishni ham oʻzlarining quvvat va idroki taqozosi bilan boʻlmaydiganga chiqaradilar, kishini gʻayrat koʻchasidan chetga chiqaradilar[2]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan | |
— Qayum Nosiriy |
T
[tahrirlash]— Otalar soʻzi[3] |
U
[tahrirlash]Umrini dangasalik bilan oʻtkazgan odamga hech qachon muvaffaqiyat yer bo‘lmaydi. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Y
[tahrirlash]Yalqovlik tufayli ishlamay kambagʻallashgan kishini barcha yomon koʻradi, doʻstlari ham undan uzoqlashadi, bolalari ham mensimay qoʻyadi, kambagʻallik barcha balolarning boshlanishidir[1]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan | |
— Qayum Nosiriy |
Yozda dangasaga: „Eshikni och!“ desang, „Tashqari sovuq“, deydi. | |
— Otalar soʻzi[1] |
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 222.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 223.
- ↑ Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 174.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.