Dilshod Otin
Qiyofa
| Dilshod Otin | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1800-yil Oʻratepa |
| Vafoti |
1907-yil Qoʻqon |
| Qardosh loyihalar | |
Dilshod Otin, Dilshodi Barno (forscha: دلشاد برنا), Barno (taxalluslari; asl ism: Dilshod Rahimqul soʻfi qizi yoki Rahmonqul Soʻfi Istaravshani qizi; 1800-yil, Oʻratepa – 1907-yil, Qoʻqon) – oʻzbek va tojik shoirasi, maʼrifatparvar.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Bu zamonda hamdami roz oʻlmaga oʻqush kerak,
Har kitobni oʻqigonda maʼnisin uqish kerak.
Andin oʻrganib adab ilmin gʻazal toʻqish kerak,
Norasolikning jahonda tomirini qirqish kerak,
Ilmsiz afsunchilarga tiri parrondur kitob[1]. - Daraxt besamar ulsa bogʻida,
Bogʻbon tanida qolmagʻay halovat[1]. - El ichra ishla, el birla tirik boʻlgil amalda,
Ki, tanho nom chiqarmas yaxshilikda, dedilar ustoz[1]. - Jahonda yaxshilik inson yuziga ziynatdur,
Nabot bersa, zaqqum bil, bari yamondin kech[1]. - Odamdin nur oldi har laylu nahor,
Tarixning hisobin topgʻon har odam[1]. - Odamga faqat husn erur ruyiga zeb,
Botinda jamil ulmasa, bu husn bekor[1]. - Vatanni shod etish uchun koʻp qaygʻuring[1].
- Rostlikka zavol oʻlmas emish, biling,
Xalqingni halok etmagil, ey yer[1]. - Yoshlik senga bir yoʻl kelib, yana ketar,
Qadrigʻa yetib uynamogʻing darkor[1]. - Oʻzungni oʻylama tanho, el ichra sodiq boʻl,
Naxoʻdcha yetsa ziyoning, oʻzing hayotdin kech[1].