Diyonat (roman)
Qiyofa
„Diyonat“ – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub 1978-yil yozilgan roman.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- U bu besh kunlik dunyoda takabburlik ketmasligini, hamma yomon, yolgʻiz men yaxshi, yolgʻiz men adolatparvarman, deb yashab boʻlmasligini allaqachon tushungan, aksincha, iloji boricha odamlar bilan kelishib, murosa qilib ketavermoq kerakligini allaqachon bilgan.
- U oʻlimni roʻkach qilib, kishilar diliga gʻussa solishni yaxshi koʻradigan, bu bilan ham oʻziga taskin-a tasalli berib, ham gʻururi gʻolib raqiblariga tahdid qilishni xushlaydigan „faylasuflarni“ koʻp uchratgan.
- Oʻqiyman degan odam har qanaqa muhitdayam oʻqishga vaqt topadi. Oʻqimayman degan odam, kecha-yu kunduz boʻsh boʻlsayam, yotadi xurrakni otib!
- Senga oʻxshagan mol-dunyoga hirs qoʻygan kaltabinlar maktab deb atalmish bu muqaddas dargohni harom qilyapsanlar! Kitob emas, mol-dunyo kerak ekan... nima qilasan bu ilm dargohini bulgʻab? Latta bozoriga borib chayqovchi boʻl! Mol bozoriga borib dallollik qil!..
- Ha, odam bolasidan faqat yaxshilik qolarkan bu dunyoda! Boshga hamma narsa — shon-shuhrat istagi, yuksak lavozim yoʻlidagi kurashlar, obroʻparastlik, manmanlik — buning hammasi oʻtkinchi va nohalol bir narsa ekan![1]
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Odil Yoqubov. Diyonat. Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat, 2021 — 432-bet. ISBN 978-9943-7552-7-7.