Doʻstlik
| Doʻstlik | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Doʻstlik – ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha. Oʻzaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar oʻrtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi.
A
[tahrirlash]Ablah doʻst dushmandan yomondir, yomon,
Ne hiylani bilsa, ishlatar oson[1].
Aql sohibi boʻlgan doʻst araz tufayli oʻz doʻst tashlab yubormaydi, imkoni boricha avvalgi doʻstli qayta tiklashga harakat qiladi. Kimki aybdor boʻlsa aybdor tomon avval uzr soʻrasa va aybiga iqror boʻlsa avvalgi doʻstlik yana qayta tiklanadi. Ammo har ikki tomon bir-biriga xoʻmrayib, „sen uzr soʻra“ qabilida yursa, ittifoqlik nifoq bilan, muhabbat esa haqiqiy adovat bilan almashishi muqarrardir[2].
Aybsiz doʻst qidirgan kishi yakkalanib qoladi. Arzimas aybi uchun xafa boʻlaveradigan kishining doʻstlari dushmanga aylanaveradi. Doʻstining oʻzidan oʻzib ketayotganini koʻra olmagan kishi gʻam ostida yuraveradi[3].
Azizim! Sen shunday yoʻl tutki, bu bilan sen haqiqiy odamga aylangin, bilim va tajriba sohibi boʻl, yaxshilar suhbatidan oʻzing uchun bir natija chiqar, yomon kishilar qilayotgan ishni koʻrib, ularga aslo koʻngil berma, behuda soʻzlovchilarning bemaʼni soʻzlari yuragingga taʼsir qilib, koʻngil oynasini xiralantirmasin! Doʻstni dushmandan ayirish yoʻlini oʻrgan:
Doʻsting uchun jonni fido aylagin,
Doʻstingni dushmandan judo aylagin.
Yaxshi ishga undar doʻsting har onda,
Yordam berar tashvish yetgan zamonda![4]
B
[tahrirlash]Bir hakim buyuradi: „Doʻsting senga nasihat qilishdan erinsa, toʻgʻri yoʻl koʻrsatishga urinmasa, aybingdan seni ogoh qilmasa, unday doʻstdan kechmoq va uzoqlashishdan gʻamga tushmoqni xayolga ham keltirmaslik kerak.
Sheʼr:
Kimki ayblaringni aytsa agar yuzingga,
Koʻzlaridan shod boʻlib oʻpsang hamki oz erur[6].
Bir hakim shunday deydi:
— Doʻsting bergan maslahat tufayli ish tutsang-u, biroq natija yomon boʻlib chiqsa, sen doʻstingni malomat qilma, unga: „Sen aytgandek qilaman deb, ishim chappasidan ketdi, nega ham senga maslahat soldim-a!“ demagin. Chunki yana ish yuzasidan nochor unga maslahat solsang, maslahati toʻgʻri boʻlsa-da, oqibati yomon boʻlishidan qoʻrqib, senga aytmaydi[7].
Bitta dushmaning — koʻp, doʻstlaring minglab boʻlsa ham — oz[10].
Bu olamda yaxshilar ila doʻstlashishni hamma ham xush koʻradi. Agar zoʻr boʻlsang, yomonlarni ham doʻstga aylantira bil[11].
D
[tahrirlash]Doimo doʻstlar bilan boʻl hamnafas,
Koʻrma dushmanning yuzini bir nafas![13].
Donolarning aytishicha, doʻst uch xil boʻladi. Birinchisi „joni doʻst“ boʻlib, bunday doʻst haqiqiy hisoblanadi va u oʻz doʻsti uchun jonini ham ayamaydi. Ikkinchisi „til doʻst“ boʻlib, u tilda doʻstlik izhor qiladi, ammo boshga biror kulfat tushsa oʻzini olib qochadi. Uchinchisi „non doʻsti“ boʻlib, bunday doʻst yeb-ichish — dasturxon uchungina doʻst boʻladi. Puling tugagandan keyin esa qorasini koʻrsatmaydi.[14].
Donolarning aytishicha, uch guruh kishilar bilan doʻstlik yoʻlini tutish maqsadga muvofiqdir.
Birinchisi, ilm ahli boʻlib, ular oʻz hayotlarini ilm-u odob bilan oʻtkazgan va hayotning barcha achchiq-chuchugini tortgan boʻladilar.
Ikkinchisi, baxtiyor, tabiati saodatmand kishilar, ular oʻz doʻstlarining ayblarini odamlardan yashiradilar va hech qachon oshkor qilmaydilar. Xilvatda doʻstdan sodir boʻlgan xatolarni yuzlariga aytib beradilar va ulardan hech bir nasihatlarini ayamaydilar.
Uchinchisi, begʻaraz va betama kishilar boʻlib, ularning doʻstliklari haqiqiy, biror foyda topish evaziga qurilmagan boʻladi[14].
Dunyoda tungi namoz (tahajjud), doʻstlar bilan suhbat va jamoat bilan oʻqiladigan namozdan boshqa zavq qolmadi[16].
Dushmanlaring bilan apoq-chapoq boʻlgan doʻstingdan qoʻlingni yuvib, qoʻltigʻingga ur[17].
Doʻst doʻstdir asli qilmishi bilan,
Doʻst emas „doʻstingman“, deyishi bilan[1].
Doʻst-doʻstga shunday koʻzguki, undan tiniqrogʻi yoʻq[10].
Doʻstimki, dushmanimga doʻstlik qilarkan, uni men doʻst hisoblamayman. Zaharga qoʻshilgan shakardan ehtiyot boʻl[17].
Doʻstim qolsin, desang mangu doʻst boʻlib,
Soʻzlagin sen taʼbu odatin bilib[1].
Doʻst jamoli dardni aritadi[20].
Doʻstlar bilan totuv yasha, urishib undan ayrilma. Qoʻlingdagi tovuqni chiqarib yuborib, yana boshqatdan qidirma![11].
Doʻstlar fikridin va dushmanlar makridin beparvoligʻ joiz ermas va bu ish nadomatdin oʻzga natija bermas[21].
Doʻstlik ipi juda nozikdir. Har ikki tomon bu ipni uzilmasligi uchun qaygʻurmogʻi kerak. Bir nomaqbul ish tufayli oraga araz tushsa, bu araz kuchaymasdan avval uzr soʻrash yoʻlini tutmoq kerakki, eskimagan araz tezda yoʻq boʻladi. Araz eskigach, garchi u yengil boʻlsa ham, muhabbat qayta tiklanishi qiyinlashadi, tiklanganda ham avvalgidek boʻlmaydi[22].
Doʻstlaring koʻpayar farovonlikda,
Ularni sinab koʻr notavonlikda[23].
Doʻstning yomoni shundayki, yaxshiligingni unutadi, yomonligingni eslab yuradi[20].
Doʻstsiz yashash mumkinmas, ammo hamma ham doʻstlikka arziyvermaydi[23].
E
[tahrirlash]Ey aziz, bilginki, doʻst doʻstning yonida boʻlsa ham yoki uzoqda boʻlsa ham ular bir-birlariga nisbatan hech oʻzgarmaydilar, bir-birining shodligiga hamdard boʻladi, gʻam kelsa, birga kuyishadi, doʻstiga yaxshilik qilsa uni unutadi. Doʻst unga yaxshilik qilsa hech qachon unutmaydi, agar doʻstda xato sodir boʻlsa kechiradi, doʻstiga yaxshilik qilsa u qaytararmikan deb tama koʻzini tikmaydi. Faqat molparast kishilar boylik bilan barcha narsani oʻlchaydigan kishilargina shunday xayolda yurishi mumkin[6].
K
[tahrirlash]Kamchiliksiz doʻst izlovchi doʻstsiz qoʻladi[25].
Kim agar doʻstlar bilan yakdil boʻlur,
Barcha maqsudi aning hosil boʻlur[3].
Kimki doʻstlikni xor aylabdi, uni qismat jazolagay — chiqib tutuni[17].
Kimning doʻst va kimning dushmanligi ogʻir kunlarda bilinadi[26].
Kulfatda bilaylik doʻst-u dononi,
Qalqon boʻlajak u sinalgan oni[11].
H
[tahrirlash]Hakimlarning aytishlaricha, har kim badavlatlik paytida doʻstlariga yordam qoʻlini choʻzmasa, bechoralik paytida hech kim unga ham qoʻlini choʻzmaydi. Soʻradilar: „Doʻst kim?“ Javob berdi: „Ogʻir kunlarda qoʻllagan kishi!“
Har narsaning yangisi, ammo doʻstning eskisi yaxshi[13].
I
[tahrirlash]Ikki oqilning doʻstligi aql taqozosicha boʻlib, bu doʻstlikning umri boqiy boʻladi. Ammo ikki nodonning doʻstligi esa barqaror boʻlmaydi, chunki ular oʻz manfaatlari yuzasidan tezdagina urishib qoladilar. Ikki johil doʻstligi esa hech qachon boqiy boʻlmaydi, ular biror narsa ustida bir qarorga kelolmaydilar, natijasi esa zarar bilan tugaydi[14].
J
[tahrirlash]Jahonning shodligi yigʻilsa butun,
Doʻstlar diydoridan boʻlolmas ustun[9].
M
[tahrirlash]N
[tahrirlash]Neʼmatlarning eng yaxshisi – harakat qilib erishilgani. Doʻstlarning eng yaxshisi – Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi – ichida mol-dunyo sevgisi boʻlmagani[27].
Nodon doʻst — doʻst boʻlaturib shunday kunlarni boshingga soladiki, bu yuzta dono dushmaningning ham qoʻlidan kelmaydi[17].
O
[tahrirlash]Oqil doʻsti bor kishining oynaga ehtiyoji yoʻqdir[28].
P
[tahrirlash]Q
[tahrirlash]R
[tahrirlash]Sinamay birovni doʻst tutsang,
Nolima shu doʻstdan qon yutsang[1].
T
[tahrirlash]Tili shirin odamning doʻsti koʻp boʻladi[30].
Tuban odam bilan doʻst tutinib, hamsuhbat boʻlma, chunki uning zarardan boshqa nafi tegmaydi[1].
Tuyakash bilan doʻst boʻlgan kishining darvozasi keng boʻlishi kerak[24].
Toʻzgan paxta boʻz boʻlmas,
Qadimiy yov doʻst boʻlmas[23].
U
[tahrirlash]X
[tahrirlash]Xoʻmrayib har kimsa achchiq soʻzlagay,
Doʻstlari undan qochishni koʻzlagay[3].
Y
[tahrirlash]Yaxshi bilan doʻst boʻlgan yomonlardan qutilar[31].
Yaxshiligi koʻp odamning doʻstlari serob boʻladi[32].
Oʻ
[tahrirlash]Oʻziga doʻst topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi. Bundan ham ojizrogʻi esa oldiniga birorta doʻst topadi-yu keyinchalik uni ham yoʻqotib qoʻyadi[28].
Oʻzini oʻylaguvchi xudbin doʻstingdan jonini yoʻlingga tikkan it yaxshi[28].
Oʻzingga sodiq doʻstlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar[33].
Gʻ
[tahrirlash]Sh
[tahrirlash]Shodli va qaygʻuli paytlarida dilini kuduratdan tozalab, sof doʻstlikni saqlab qolgan kishi chin doʻst hisoblanadi[28].
Ch
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Tursun 2006, s. 167.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 42.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Tursun 2006, s. 171.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 38.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 46.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 127.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 153.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs named ":0". - ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 Tursun 2006, s. 168.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 10,6 Tursun 2006, s. 166.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Tursun 2006, s. 170.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Tursun 2006, s. 173.
- ↑ 13,0 13,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 41.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 44.
- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 32.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 17,5 Tursun 2006, s. 164.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 40.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 191.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 48.
- ↑ 21,0 21,1 Tursun 2006, s. 165.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 47.
- ↑ 23,0 23,1 23,2 Tursun 2006, s. 169.
- ↑ 24,0 24,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 49.
- ↑ Tursun 2006, s. 175.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 53.
- ↑ Tursun 2006, s. 76.
- ↑ 28,0 28,1 28,2 28,3 28,4 Tursun 2006, s. 172.
- ↑ Tursun 2006, ss. 165–166.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 94.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 107.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 108.
- ↑ Tursun 2006, ss. 168–169.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 204.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.