Agar oqil odam nodonlar gurungiga tushib qolsa, ulardan izzat-ikrom kutmasin, agar nodon bemaʼni kalomi bilan oqilni yengsa, buning hech ajablanadigan joyi yoʻq, zero yoqutni tosh ham sindirishi mumkin[2].
Azizim! Sen shunday yoʻl tutki, bu bilan sen haqiqiy odamga aylangin, bilim va tajriba sohibi boʻl, yaxshilar suhbatidan oʻzing uchun bir natija chiqar, yomon kishilar qilayotgan ishni koʻrib, ularga aslo koʻngil berma, behuda soʻzlovchilarning bemaʼni soʻzlari yuragingga taʼsir qilib, koʻngil oynasini xiralantirmasin! Doʻstni dushmandan ayirish yoʻlini oʻrgan: Doʻsting uchun jonni fido aylagin, Doʻstingni dushmandan judo aylagin. Yaxshi ishga undar doʻsting har onda, Yordam berar tashvish yetgan zamonda![4]
Donolarning aytishicha, aqlli kishilar besh narsani yashirishlari lozimdir: Birinchi, mol-u davlatiga nuqson yetsa, uni xalq oldida gapirib yurmasligi kerakki, uni aytgan bilan boyligi qaytib kelmaydi, oʻzini ochkoʻzlikda va befahmlikda ayblaydilar, hurmati ketadi. Ikkinchi, aqlli hisoblangan kishi oʻzgalar qoshida gʻam-anduhdan shikoyat qilsa, uning beqarorligi va kulfatga chidami yoʻqligi maʼlum boʻladi, uning iztirobini koʻrgan odamlar ahli tadbir emasligidan ogoh boʻladilar. Uchinchi, aqlli kishining oʻzidan yoki qavm-u qarindoshidan biror yaxshi yoxud yomon ish sodir boʻlsa bu haqda maqtansa yoki, aksincha, nolisa, bu ham aqllilik sifati sanalmaydi. Bunday paytda ham aqlli kishiga jim turish yarashadi. Aqlli kishi birov uchun yaxshilik qilsa va yordam qoʻlini chʻʻzib kulfatdan xalos etsa, bu paytda ham jim turmogʻi va bu qilgan yaxshiligini barchaga aytib yurmay, pinhon tutmogʻi kerak. Sheʼr: Birovga yaxshilik qilsa har inson, Har yerda maqtanib yursa zoʻr nuqson![8].
Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon koʻrinmay desang, donolar oldida takabbur boʻlmagil[11].
Odamlar boshiga shunday zamon keladiki, unda dono kishining koʻzi quvonmaydi. Yana shunday zamonlar keladiki, qoplab mol-dunyo tentaklar qoʻliga oʻtib ketadi[12].
Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi boʻladi va mol toʻplashga mashgʻul boʻlmaydi. Oxirat amallari bilan shugʻullanadi. Chunki oxirat qaror topish va neʼmatlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir[13].
Oqila xotin oʻz erining haqiqiy koʻmakdoshidir. Bunday xotin oʻz erining soʻzlarini hech vaqt yerda qoldirmaydi. Mensimasdan qaramaydi. Uni har bir ishda qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo oqila xotin erga itoat qilish kerak ekan deb, er boshlagan har xil qabih yoʻllarga yuravermaydi, aksincha oʻz erining yomon va jinoyatga olib boradigan yoʻllardan qaytarad.