Kontent qismiga oʻtish

Donolik

Vikiiqtibosdan olingan
(Donishmandlikdan yoʻnaltirildi)
Donolik
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari

Donolik — aql-u zakovatga egalik, bilimdonlik, donishmandlik.



  •  

Donolarning aytishicha, aqlli kishilar besh narsani yashirishlari lozimdir:
Birinchi, mol-u davlatiga nuqson yetsa, uni xalq oldida gapirib yurmasligi kerakki, uni aytgan bilan boyligi qaytib kelmaydi, oʻzini ochkoʻzlikda va befahmlikda ayblaydilar, hurmati ketadi.
Ikkinchi, aqlli hisoblangan kishi oʻzgalar qoshida gʻam-anduhdan shikoyat qilsa, uning beqarorligi va kulfatga chidami yoʻqligi maʼlum boʻladi, uning iztirobini koʻrgan odamlar ahli tadbir emasligidan ogoh boʻladilar.
Uchinchi, aqlli kishining oʻzidan yoki qavm-u qarindoshidan biror yaxshi yoxud yomon ish sodir boʻlsa bu haqda maqtansa yoki, aksincha, nolisa, bu ham aqllilik sifati sanalmaydi. Bunday paytda ham aqlli kishiga jim turish yarashadi. Aqlli kishi birov uchun yaxshilik qilsa va yordam qoʻlini chʻ‘zib kulfatdan xalos etsa, bu paytda ham jim turmogʻi va bu qilgan yaxshiligini barchaga aytib yurmay, pinhon tutmogʻi kerak. Sheʼr:
Birovga yaxshilik qilsa har inson,
Har yerda maqtanib yursa zoʻr nuqson![1].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Oqila xotin oʻz erining haqiqiy koʻmakdoshidir. Bunday xotin oʻz erining soʻzlarini hech vaqt yerda qoldirmaydi. Mensimasdan qaramaydi. Uni har bir ishda qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo oqila xotin erga itoat qilish kerak ekan deb, er boshlagan har xil qabih yoʻllarga yuravermaydi, aksincha oʻz erining yomon va jinoyatga olib boradigan yoʻllardan qaytarad.

  Olimat ul-Banot[2]
  •  

Oqil ul soʻzni oʻrinda soʻzlagay,
Ham javobini munosib koʻzlagay.

  Sayfi Saroyi[3]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 61.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 181.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 115.

Adabiyotlar

[tahrirlash]