Duo
| Duo | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Duo (arabcha: دعاء) – xudoga iltijo qilib, oʻzi yoki boshqalar uchun uzoq umr, baxt, najot tilash va yomonlikni qaytarishni soʻrash.
A
[tahrirlash]Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin ijobat boʻlmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz oʻnta narsa bilan oʻlgan:
— Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar.
— Alloh kitobini oʻqiysizlar-u unga amal qilmaysizlar.
— Shaytonni dushman, deb daʼvo qilasizlar-u, lekin uni doʻst tutasizlar.
— Rasulullohni yaxshi koʻramiz, deb daʼvo qilasizlar-u, ammo ul zotning yoʻllaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
— Jannatni yaxshi koʻrasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
— Jahannamdan qoʻrqasizlar gunohlardan tiyilmaysizlar.
— Oʻlim haq, deb daʼvoda boʻlasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik koʻrmaysizlar.
— Birovlarning ayblarini koʻrasizlar-u oʻz ayblaringizni koʻrmaysizlar.
— Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz
— Oʻliklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. Oʻlik yer samar bermaganidek, oʻlik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi[1].
I
[tahrirlash]Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar toʻlqinini duo bilan daf qilinglar[2].
K
[tahrirlash]M
[tahrirlash]Men osiy boʻla turib, Senga qanday duo qilay, Sen saxiyboʻla turib, nechuk duo qilmay?[4].
X
[tahrirlash]Xojat soʻrasang, hokim tili bilan emas, faqir zaboni bilan soʻra[5].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, ss. 41–42.
- ↑ Tursun 2006, s. 28.
- ↑ Tursun 2006, s. 53.
- ↑ Tursun 2006, s. 41.
- ↑ Tursun 2006, s. 158.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.