Kontent qismiga oʻtish

Eʼtiqod

Vikiiqtibosdan olingan
Eʼtiqod

Qardosh loyihalar

Eʼtiqod (arabcha: ‎ — ishonch, ishonish; koʻngilda tasdiqlash; imon, maslak) — 1) Qattiq ishonch, dildan eʼtirof etiluvchi tushuncha, nuqtai nazar, qarash; 2) Biror kimsaga yoki narsaga boʻlgan ishonch; ishonch va ixlos bilan qarash; 3) Xudoga yoki umuman biror gʻayritabiiy kuchga ishonish; imon.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Eʼtiqodga aylanmagan gʻoyalar, tizimlarning umri qisqa boʻlib, bugun boʻlsa, ertaga boʻlmasligi mumkin. Inson Xudoga, oxiratga ishonmasa, diniy gʻoya uning eʼtiqodiga aylanmaydi[1].

Eʼtiqodingizga koʻra yashamayotgan boʻlsangiz, yashayotganingiz kabi eʼtiqod qila boshlaysiz[2].

Haqiqiy eʼtiqod haqiqatga eltadi. Asossiz eʼtiqod esa insonlarni notoʻgʻri yoʻlga boshlaydi. Sen haqiqiy eʼtiqodga talabgor boʻl![3].

Kim bu dunyoga istak va shahvat koʻzi bilan qarasa, Alloh taolo uning qalbidagi zuhd va eʼtiqod nurini oʻchiradi[4].

Oila eʼtiqodni zaiflashtiradi, chunki inson oilasi och qolsa ular uchun talabda boʻladi. Talab bor joyda eʼtiqod sustlashadi[5].

Yomon, noraso eʼtiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi[6].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 35.
  2. Tursun 2006, s. 24.
  3. Tursun 2006, s. 54.
  4. Tursun 2006, s. 82.
  5. Tursun 2006, s. 182.
  6. Tursun 2006, s. 131.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.