Ehtiyotkorlik
| Ehtiyotkorlik | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Ehtiyotkorlik — ehtiyotlik bilan, ehtiyot choralarini koʻrib ish tutish; mulohazakorlik.
A
[tahrirlash]Azizim, har qanday odamga ishonib siringni aytma, har qanday dushmanga esa zulmingni haddan oshirma. Dushmaning doʻst boʻlib qolishi va doʻsting esa dushmanga aylanishi mumkin![1]
Azizim, ishning oqibatini oʻylovchi kishilar ogʻzaki eshitilgan soʻzlarga ishonmaydilar, eshitilgan gapning dalil va hujjatini koʻrmagunlaricha shoshib hukm chiqarmaydilar.
Bayt:
Gʻaraz egasiga solsang qulogʻing,
Pushaymondan uchar nurli chirogʻing![2]
Azizim, sir saqlashda ehtiyot chorasini joyiga qoʻy! Xususan noumid doʻstlardan va sendan qoʻrquvda yashaydigan dushmanlardan siringni qattiq yashir! Chunonchi aytadilar:
Sendan umidini oʻzgan doʻstlarga,
Dildagi siringni aylama izhor,
Sendan qoʻrqib yurgan kimsalarga ham,
Sir aytmoqni aslo qilma ixtiyor![3].
K
[tahrirlash]Kimki ehtiyot sovutini kiyib olsa, zamon hodisalarining oʻqidan omon boʻladi[4].
Z
[tahrirlash]Zaif odam ehtiyotkorlikni qoʻldan bermasa dushmanini yiqadi.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 184.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 204.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 185.
- ↑ Tursun 2006, s. 128.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 82.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.