Elif Shafak

Elif Shafak (1971-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) – turk-britaniyalik yozuvchi, esseist, akademik, notiq va ayollar huquqlari faoli.
Iqtiboslar
[tahrirlash]Bu identitet siyosati sababli – afsuski, biz tobora koʻproq guruhlarga boʻlinib bormoqdamiz. Goʻyoki har bir guruhdan chiqqan yozuvchi faqat oʻsha guruhning hikoyasini aytishi kerakdek. Men turkman, lekin yana koʻplab boshqa jihatlarim ham bor. Men uchun tasavvur – chegaralarni oshib oʻtish istagi. Biz yozganimizda koʻp qirrali boʻla olamiz.
- „Elif Shafak: ‘When women are divided it is the male status quo that benefits’“, The Guardian (2017-yil 5-fevral)
Koʻplab ayollar savol bermoqda: nega baʼzi ayollar boshini yopishni tanlaydi? Biz buni va boshqa savollarni tushunishimiz kerak. Bu bugungi feminizm oldidagi eng katta muammolardan biridir. Xavotirli tomoni shundaki, ayollar turli toifalarga boʻlinganda bundan aynan mavjud tizim – patriarxiya – foyda koʻradi…
- „Elif Shafak: ‘When women are divided it is the male status quo that benefits’“, The Guardian (2017-yil 5-fevral)
Men oʻquvchilarga eʼtibor berishni, shovqin-suronda esa chalgʻimaslikni oʻrgandim… Chunki Turkiyada yozuvchi boʻlish goʻyo bir yuzingdan oʻpilib, ikkinchi yuzingdan urilgandek.
- „Elif Shafak: ‘I thought the British were calm about politics. Not any longer’“, The Guardian (2019-yil 16-sentabr)
Men Turkiyada ulgʻaygan koʻplab ayollarni uchratganman – ular turk tilida soʻkinolmaydi. Ammo ingliz tilida ular bunday soʻzlarni bemalol ishlatadi. Yozish men uchun xuddi shunday.
- „Elif Shafak: ‘I thought the British were calm about politics. Not any longer’“, The Guardian (2019-yil 16-sentabr)
