Erkinlik
| Ozodlik | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Erkinlik, ozodlik, hurlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo.
A
[tahrirlash]Azizim, burgutga shohlar qoʻlidan joy tayin etilganining boisi shulki, u oʻzini boyoʻgʻli kabi uy ichiga olib oʻtirmaydi. Boyoʻgʻlining devorlar orasida qolib ketganining boisi esa xarobalardan umid uzib chiqa olmasligidir.
Bayt:
Burgut kabi javlon urib sayr qil,
Boyoʻgʻlidek tokay joying vayrona?![1]
E
[tahrirlash]Erkinlik masʼuliyatni anglatadi. Shuning uchun koʻpchilik erkinlikdan qoʻrqishadi.
Erkinlik — bu har kim ham qila olmaydigan hashamatdir.
Erkinlik uchun kurashishga arziydi.
Erkinlik faqat qonunlarga qaram boʻlishdan iborat.
F
[tahrirlash]Faqat yashashga arziydigan hamma narsani yoʻqotganlar ozoddir.
I
[tahrirlash]Inson erkinligi zamonaviy dunyo krossvord yechayotgan odamning erkinligiga oʻxshaydi: nazariy jihatdan u har qanday soʻzni kiritishi mumkin, lekin aslida u krossvord yechish uchun faqat bittasini kiritishi kerak.
Oʻ
[tahrirlash]Oʻtkir qilichning boshga tushadigan zarbasi baʼzi nodonlarning hukmi ostida muteʼ-itoatda boʻlib yurishdan afzaldir[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 80.
- ↑ Tursun 2006, s. 107.
- ↑ Tursun 2006, s. 117.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.