Kontent qismiga oʻtish

François de La Rochefoucauld

Vikiiqtibosdan olingan
François de La Rochefoucauld

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 15-sentyabr 1613
Parij
Vafoti 17-mart 1680
Parij
Qardosh loyihalar

François de La Rochefoucauld (talaffuzi: Fransua de Laroshfuko; 1613-yil 15-sentyabr — 1680-yil 17-mart) — fransuz moralist yozuvchisi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Aql uchun sogʻlom fikr lozim boʻlganidek, tanaga nafislik kerak[1].
  • Bizga tashvish orttiradiganlarga koʻpincha muruvvat bilan qaraymizu, ammo tashvishimizni yeganlarning esa qadriga yetmaymiz[2].
  • Hech kimga ziyonimiz tegmaydi, deb yuradigan odamlar aksar hollarda koʻpchilikka ziyondosh boʻladilar[2].
  • Hech kimni xush koʻrmaydigan kishi hech kimga yoqmaydigan kishidan koʻra ancha baxtsizroqdir[2].
  • Kim, boshqa odamlarsiz kunimni oʻtkaza olaman, desa xato qiladi, lekin kimki odamlarga mensiz qiyin boʻladi, deb oʻylasa, undan battar xato qiladi[3].
  • Kishi yaxshilik qilishga qodir ekan, qadr bilmaslar bilan toʻqnashish unga xavf solmaydi[4].
  • Odamlar hech qachon mislsiz yaxshi yoki haddan tashqari yomon boʻlmaydilar[5].
  • Payti kelgan qattiqqoʻl boʻlishga qurbi yetadigan odamgina ezguligi uchun maqtovga sazovardir: aks holda, irodaning boʻshligi yoki faolsizligidan kelib chiqadigan muloyimlik ham ezgulik boʻlib tuyulishi mumkin[6].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Voronsov 1989, s. 44.
  2. ↑ 2,0 2,1 2,2 Voronsov 1989, s. 39.
  3. ↑ Voronsov 1989, s. 31.
  4. ↑ Voronsov 1989, s. 42.
  5. ↑ Voronsov 1989, s. 37.
  6. ↑ Voronsov 1989, s. 43.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.