Kontent qismiga oʻtish

Franz Liszt

Vikiiqtibosdan olingan
Frans Litsning portreti (1839)

Frans Lits (veng.: Liszt Ferenc) (1811-yil 22-oktabr – 1886-yil 31-iyul) – venger virtuoz pianinochi, organchisi va bastakor.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bramsning variatsiyalari menikilardan yaxshiroq, ammo meniklar unikigacha yozilgan.
    • Arthur Friedheim va Alexander Siloti, Remembering Franz Liszt (1961), 138-bet asarida iqtibos keltirilgan.
  • Sanʼatkorning taqdiri qaygʻuli va buyukdir.
    • Joseph Machlis, The Enjoyment of Music: An Introduction to Perceptive Listening (1963), 107-bet asarida iqtibos keltirilgan.
  • Vaqtni behuda oʻtkazish dunyoning eng yomon illatllaridan biri. Hayot shunchalik qisqa, har lahza shunchalik qimmatli, biroq biz hayot hech qachon tugamaydigan kabi yashaymiz.
    • Alan Walker, Franz Liszt: The Virtuoso Years, 1811–1847 (1987), 117-bet asarida iqtibos keltirilgan.
  • Baxtli oshiqlar haqida hikoya yozganingizda, ularni Komo ko'li sohillariga joylashtiring. Men osmonu falak tomonidin bu qadar aniq siylangan boshqa bir hududni bilmayman; sevgi hayotining jozibasi bundan koʻra tabiiyroq tuyuladigan boshqa joyni koʻrmaganman […] va uni mana bu soʻzlar bilan boshlang: „Komo koʻli sohillarida.“
    • 1837-yil 20-sentabrda Lui de Ronshoga yozilgan maktubdan iqtibos keltirilgan.
  • Men qalbimda chuqur qaygʻu sezaman – u goh-goh ovozda portlab chiqishi kerak.
    • Walker, 1997 asarida iqtibos keltirilgan.

Lits haqida iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Uning ijrosi erkin, sheʼriy, tasavvuriy soyalar bilan toʻla va shu bilan birga olijanob, badiiy tinchlik bilan ajralib turardi. Uning texnikasi, virtuozligi-chi? Bu haqda gapirga tortinaman. Shuni aytish kifoya: u uni yoʻqotmagan, balki aniqlik va meʼyorlilik jihatidan boyitgan. Qanday ajoyib inson! Hayajon, ehtiros va zavq bilan toʻla tengsiz boy va faol hayotdan soʻng, u oltmish ikki yoshida qaytib keladi va eng qiyin musiqa asarlarini yigitlik qulayligi, kuchi va yangligi bilan ijro etadi…
    • Eduard Hanslick, Music Criticisms. Henry Pleasants tarjimasi, Baltimore: Penguin Books Ltd., 1963, 109–110-betlar.
  • Litsning hayotidagi eng hayratlanarli narsa, ehtimol, u umuman biror narsa bastakorligida, ayniqsa, abadiy buyuklik kasb etgan asarlar yaratganida edi. Yoshligidanoq Evropani eng buyuk sayyor virtuoz sifatida kesib oʻtgan, balogʻatga yetishi bilan gossip ustunlari uchun moʻl material yetkazib bergan bu inson „Mening sanʼatim – mening hayotim“ degan Uayldona nuqtai nazarni qabul qilib, ishni shu bilan tugatgani uchun uzr soʻralishi mumkin edi. […] Lits qanday qilib bastakorlik qilishga vaqt topgani tasavvur qilish qiyin.
    • Kenneth Hamilton, Liszt: Sonata in B Minor (1996), 1-bob: Kirish.
  • Bastakor, oʻqituvchi, abbat, Kazanova, yozuvchi, donishmand, yangi musiqaning kashshofi va himoyachisi, xayriya homiysi, faylasuf va tarixdagi eng buyuk pianinochi lardan biri – Frans Lits Romantik ruhning timsoli edi. U baletdan va operadan tashqari musiqaning barcha sohalarida ijod qildi va har bir sohaga muhim hissa qoʻshdi.

Yana qarang

[tahrirlash]