Kontent qismiga oʻtish

Gʻam

Vikiiqtibosdan olingan
(Gʻamginlikdan yoʻnaltirildi)
Gʻam

Qardosh loyihalar

Gʻam (arabcha: ‎ — qaygʻu, hasrat, gʻam-alam; havoning dimligi, jazirama) — ruhiy azob his-tuygʻusi, ruhiyatdagi shunday holat; qaygʻu.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Allohga yaqin boʻlish yorqin nurdir, xaloyiqqa yaqinlik gʻamning oʻzidir[1].

  Zunnun Misriy
  •  

Banda uchun gʻam va xavfdan yaxshiroq doʻst yoʻqdir. Gʻam oʻtgan gunohlar uchun, xavf qachon tushishi noma’lum boʻlgan gunohlar uchundir[2].

  Shaqiq ibn Ibrohim
  •  

Bu dunyo boshidan-oxirigacha bir soat gʻam chekishga arzimaydi, bu dunyogi ulushing, nasibang shunchalar kam ekan, umringni gʻamda oʻtkazib nima qilasan?![3]

  Yahyo ibn Maoz
  •  

Dunyo gʻami oʻtkinchidir. Abadiy qoladi, deb siqilma[4].

  Muhammad Kamol Pilav
  •  

Doʻstim ertalikning gʻamini yema,
Bu bir naqd nafsni gʻanimat bilgil.

  Pahlavon Mahmud[5]
  •  

Doʻstlar bilan koʻrishib, gaplashib turinglar, gʻam-qaygʻudan qutulishlaringga vosita boʻladi[6].

  Umar ibn Xattob
  •  

Ey aziz, bilginki, musibat ayyomida koʻngli gʻamga toʻlmagan, xomxayol va bemaʼni rejalar tuzib, oʻz ishini barbod qilmagan kishi aqlli kishi hisoblanadi. Aqldek ustoddan koʻra mehribonroq va qoʻllab-quvvatlovchi dastgir boʻlmaydi. Kishi uchun aql ogʻir kunlarda chora-tadbir topa bilish uchun inʼom etilgan:
Aql nima? U-da koʻmakchi dildir,
Aqling boʻlsa, senda barcha narsa bor[7].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Har kim amalga tanballik qilsa, Alloh uni bir gʻamga duchor qiladi[8].

  Ali
  •  

Oʻzgalar gʻamini chekmasa odam,
Anga noloyiqdir inson, degan nom[9].

  Saʼdiy Sheroziy
  •  

Gʻamning davosi doʻstlar diydorini koʻrish.

  Otalar soʻzi[10]
  •  

Gʻam-gʻussa qarishni tezlatadi.

  Otalar soʻzi[11]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 55.
  2. Tursun 2006, s. 34.
  3. Tursun 2006, s. 82.
  4. Tursun 2006, s. 81.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 175.
  6. Tursun 2006, s. 170.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 57.
  8. Tursun 2006, s. 48.
  9. Tursun 2006, s. 127.
  10. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 204.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 206.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]