Kontent qismiga oʻtish

Georges Charpak

Vikiiqtibosdan olingan
Georges Charpak

Georges Charpak
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1-avgust 1924
Dubrovitsa
Vafoti 29-sentyabr 2010
5th arrondissement of Paris
Qardosh loyihalar


Georges Charpak (1-avgust, 1924 – 29-sentyabr, 2010) – polyak-fransuz fizigi va 1992-yilgi Fizika boʻyicha Nobel mukofoti laureati boʻlib, „zarrachalarni aniqlovchi detektorlarni, xususan koʻp simli proporsional kamerani ixtiro qilgani va rivojlantirgani uchun“ mukofotlangan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Ilm-fan tarixi men uchun juda muhim rol oʻynagan. Tajribani qanday oʻtkazishni yaxshi bilishimdan oldin men Jolio nima uchun neytronni oʻtkazib yuborganini, uning rafiqasi nima uchun yadroviy parchalanishni payqamay qolganini, nima sababdan ular sunʼiy radioaktivlikni yaratishda muvaffaqiyat qozonganini va hatto nima uchun boshqa narsalarni deyarli kashf etmay qolishganini bilardim. Ular juda yaxshi tajribalar oʻtkazishgan, ammo kerakli xulosaga kelishmagan. Mana shu ilm-fandir. Ilm-fan – bu shubha va izlanishdir. U baʼzan oʻqitishda xavf tugʻdiradiganidek, kompyuterdan chiqqan mantiqiy natija emas. Sizda sezgi boʻlishi kerak, sizda ishtiyoq boʻlishi kerak.
    • Nobel interview professor Georges Charpak bilan Joanna Rose tomonidan oʻtkazilgan suhbat, 2001-yil 6-dekabr.
  • Si on veut faire quelque chose, il faut donc s’occuper d'éducation.
    • soʻzma-soʻz tarjimasi: Agar biz biror narsa qilmoqchi boʻlsak, taʼlim bilan shugʻullanishimiz kerak.
    • Agar qilinishi kerak boʻlgan biror muhim ish boʻlsa, u ham taʼlim bilan shugʻullanishdir.
    • Michel Serres. Les Limites de L'humain. L'Age d'Homme, 2004 — 81-bet. ISBN 2825118974.  asarida

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: