Kontent qismiga oʻtish

Gianni Rodari

Vikiiqtibosdan olingan
Gianni Rodari
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Giovanni Francesco „Gianni“ Rodari (1920-yil 23-oktabr – 1980-yil 14-aprel) – italyan yozuvchisi.



  • Agar biz bolalarda fikrlashni shakllantirmoqchi boʻlsak, ilk navbatda ularni ixtiro qilishga oʻrgatishimiz zarur[1].
  • Agar biz yordam berishni bilsak, moʻjizalar yuz berishi mumkin va har kunimiz Yangi yil boʻladi[1].
  • Agar odamlar oʻzida mavjud narsalar bilan qanoatlanganda, maymunlar kabi daraxtlarda yashab yurgan boʻlardilar[1].
  • Baʼzi narsalar faqat bir marta sodir boʻladi[1].
  • Baʼzi xazinalar yangi yoʻlga faqat birinchi boʻlib qadam tashlaganlarga nasib qiladi[1].
  • Ehtimol, ertaklarimni kattalar oʻqib zavqlanar, lekin ular miriqib oʻqiyotganini bildirmaslik uchun shunday deyishadi: „Axir bu bolalarning ertagi-ku!“[1]
  • Ertaklar aqlni tarbiyalashda yordam berishiga ishonaman[1].
  • Haqiqatga eshikdan kirish ham mumkin, darchadan oshib tushish ham mumkin. Ikkinchi yoʻl bolalar uchun qiziqroq[1].
  • Hech qachon TAMOM soʻzi sizni qoʻrqitmasin[1].
  • Kim biladi, nega odamlar pok qalbga ega ekanini boshqalardan yashirishga harakat qilishadi?[1]
  • Men hamma oʻqishini, yozuvchi yoki shoir boʻlishini emas, balki hech kim qul boʻlmasligini istardim[1].
  • Tabiat oʻzining begunohligi bilan bevafodir[1].
  • Tinchlikni istagan odam bomba emas, tinchlikka erishish rejalarini tayyorlashi kerak[1].
  • Yolgʻonlar asosida qurilgan mamlakatda haqiqat kasallik sifatida baholanadi[1].
  • Shaharga kelgan bir odam soborga borish uchun avval uchinchi, soʻng birinchi raqamli tramvayga chiqishi kerak edi. U toʻrtinchi raqamli tramvayga chiqib, chipta pulini tejayman, deb oʻyladi va manzilidan adashdi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Oqil Abdubarnoyev. „Janni Rodaridan iqtiboslar“. Jadid.uz (23-oktyabr 2024-yil). Qaraldi: 9-fevral 2025-yil.