Kontent qismiga oʻtish

Maksim Gorkiy

Vikiiqtibosdan olingan
(Gorkiydan yoʻnaltirildi)
Maksim Gorkiy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 16 (28) mart 1868
Nijniy Novgorod
Vafoti 18-iyun 1936
Gorki-10
Qardosh loyihalar

Maksim Gorkiy (ruscha: Максим Горький; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov (ruscha: Алексей Максимович Пешков); Andoza:OldStyleDate, Nijniy Novgorod – 1936-yil 18-iyun, Moskva) – rus va sovet yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi. Besh marta Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

Agar kishiga hammavaqt „choʻchqasan“ deyilaversa, darhaqiqat, oxir-oqibatda u hurillab yuboradi[1].

Если все время человеку говорить, что он «свинья», то он, действительно, в конце концов захрюкает[2].

Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay qolasan. Inson imkon qadar oʻzida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana nimasi bilandir sirli tuyulmogʻi kerak[3].

Люди, которых понимаешь сразу, люди без остатка неинтересны: Человек должен вмещать в себя, по возможности, все, плюс -— еще нечто[4].

Biz bir-birimizga eʼtibor bilan munosabatda boʻlishni oʻrganishimiz kerak, dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmogʻimiz kerak[5].

Мы должны научиться относиться друг к другу внимательно, должны понять, что самое чудесное, самое высокое создание в мире — это человек[4].

Har bir kishida yaratuvchining dono qudrati yashiringani, shuning uchun bu qudratning taraqqiy etishi, gullab-yashnashiga imkon berish lozimligini unutmagan holda bir-biringizni izzat-ikrom qiling[5].

Уважайте друг друга, не забывая, что в каждом человеке скрыта мудрая сила строителя и что нужно ей дать волю развиться и расцвести[4].

Hayotimning eng mushkul damlarida ham, eng ogʻir daqiqalarida ham qalbim: „Yashasin inson!“ — degan gimnni kuylaygan[6].

Во все тяжелые моменты жизни, во все трудные минуты ее мое сердце пело всегда один гимн: «Да здравствует человек!»[7]

Hayotning maʼnosi — insonning kamolotga erishuvidadir[8].

В совершенствовании человека — смысл жизни[9].

Hech qachon kishiga yaxshiligidan koʻra yomonligi koʻp deya yondashmang[1].

Никогда не подходите к человеку, думая, что в нем больше дурного, чем хорошего[10].

Insonni ulugʻ va donishmand qilishga kollektiv mehnat, ahil, hur mehnat kuchi bajara oladigan vazifani boshqa hech qanday kuch bajara olmaydi[11].

Никакая иная сила не делает человека великим и мудрым, как это делает сила труда, коллективного, дружного, свободного труда[12].

Kishi erkalash — hech qachon ziyon keltirmaydi[1].

Человека приласкать — никогда не вредно[2].

Kishini maqtash foydalidir, bu unda oʻziga hurmat hissini oshiradi, oʻz ijodiy kuchlariga ishonchni kuchaytirishga yordamlashadi[1].

Похвалить человека очень полезно, это поднимает его уважение к себе, это способствует развитию в нем доверия к своим творческим силам[2].

Kishi odamlarning doʻsti boʻlmogʻi kerak, — oʻzida va ularda mavjud fazilatlarning bari uchun u odamlardan qarzdordir[13].

Человек должен быть другом людей, — он обязан им всем, что есть у него и в нем[14].

Kollektiv kishini faolroq, qatʼiyatliroq, harakat qilish uchun, hayotni qurish uchun kollektiv irodasidan iroda oladigan butunlay boshqacha individual psixologiya bilan yaratadi[11].

Коллектив создает человека совершенно иной индивидуальной психики, более активной, стойкой и черпающей волю к действию, волю к строению жизни из воли коллектива[15].

Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan faxrlanishni oʻrganmagunimizcha, to oʻsha payt kelmagunicha hayotimizdagi qabihlik va yolgʻondan qutula olmaymiz[5].

До той поры, пока мы не научимся любоваться человеком, как самым красивым и чудесным явлением на нашей планете, до той поры мы не освободимся от мерзости и лжи нашей жизни[4].

Loʻnda fikrlash xalqqa xos...[16]

Мышление афоризмами характерно для народа...[17]

Menimcha, inson to tirik ekan, u sevadi, agar u odamlarni sevmasa, uning nima keragi bor![18]

По-моему, человек живет, пока любит, а если он людей не любит, так зачем он нужен![19]

Men maqollardan juda koʻp narsani, boshqacha qilib aytganda, — loʻnda fikrlashni oʻrganganman[16].

Я очень многому учился на пословицах, иначе — на мышлении афоризмами[17].

Men rus xalqini bilaman va uning fazilatini boʻrttirishga moyil emasman, lekin imonim komil va men ishonamanki, ana shu xalq roʻyi zaminning maʼnaviy olamiga oʻziga xos va teran, barcha uchun muhim boʻlgan allanimani olib kirishi muqarrar[20].

Я знаю русский народ и не склонен преувеличивать его достоинства, но я убежден, я верю — этот народ может внести в духовцуу» жизнь земли и нечто своеобразное и глубокое, нечто важное для всех[21].

Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yoʻq. Inson demak oʻziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin[6].

Я не знаю ни одной книжной истины, которая для меня была бы дороже человека. Человек есть вселенная, и да здравствует вовеки он, носящий в себе весь мир[22].

Odamlarga mehr — bu shunday qanotdirki, u bilan inson eng yuksakka parvoz qiladi[18].

Любовь к людям — это ведь и есть те крылья, на которых человек поднимается выше всего[19].

Roʻyi zaminda inson boʻlmoq ajoyib rutbadir[6].

Превосходная должность быть на земле человеком[23].

Sotqinni hech kimga va hech narsaga solishtirib boʻlmaydi. Menimcha, hatto terlama biti ham sotqinga qiyoslansa, haqoratlangan boʻlur edi[24].

Сравнить предателя не с кем и не с чем. Я думаю, что даже тифозную вошь сравнение с предателем оскорбило бы[25].

Tarix davomida hamma vaqt va hamma joyda insonni xalq yaratgan[13].

И всегда и всюду на протяжении истории — человека создавал народ[26].

Chehra — qalb koʻzgusidir[27].

Лицо — зеркало души[28].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Voronsov 1989, s. 39.
  2. 2,0 2,1 2,2 Воронцов 1977, s. 55.
  3. Voronsov 1989, s. 37.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Воронцов 1977, s. 51.
  5. 5,0 5,1 5,2 Voronsov 1989, s. 36.
  6. 6,0 6,1 6,2 Voronsov 1989, s. 33.
  7. Воронцов 1977, s. 47.
  8. Voronsov 1989, s. 35.
  9. Воронцов 1977, s. 49.
  10. Воронцов 1977, s. 54.
  11. 11,0 11,1 Voronsov 1989, s. 31.
  12. Воронцов 1977, s. 43.
  13. 13,0 13,1 Voronsov 1989, s. 30.
  14. Воронцов 1977, s. 41.
  15. Воронцов 1977, s. 44.
  16. 16,0 16,1 Voronsov 1989, s. 8.
  17. 17,0 17,1 Воронцов 1977, s. 12.
  18. 18,0 18,1 Voronsov 1989, s. 41.
  19. 19,0 19,1 Воронцов 1977, s. 57.
  20. Voronsov 1989, s. 16.
  21. Воронцов 1977, ss. 22–23.
  22. Воронцов 1977, ss. 46–47.
  23. Воронцов 1977, s. 46.
  24. Voronsov 1989, s. 21.
  25. Воронцов 1977, s. 30.
  26. Воронцов 1977, s. 42.
  27. Voronsov 1989, s. 44.
  28. Воронцов 1977, s. 61.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 
  • Воронцов, Владимир Васильевич. Симфония разума. Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов, 2-е изд., Москва: Молодая гвардия, 1977 — 624-bet.